О‘zbekiston respublikasining “mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish tо‘G‘risida”gi qonunini tahlil qilish


Download 478.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana15.06.2023
Hajmi478.97 Kb.
#1478298
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 - AMALIY MASHG‘ULOT



1- AMALIY MASHG‘ULOT 
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “MAHSULOT VA XIZMATLARNI 
SERTIFIKATLASHTIRISH TО‘G‘RISIDA”GI QONUNINI TAHLIL 
QILISH 
 
Tayanch sо‘zlar: sertifikat, sertifikatlashtirish, ixtiyoriy va majburiy 
sertifikatlashtirish, muvofiqlik sertifikati. Zamonaviy pedagogik texnologiya 
elementlaridan, masalan interaktiv usulini qо‘llab dars о‘tiladi. 
Darsda texnik vosita va kо‘rgazmali qurollardan keng foydalaniladi 
(kodoskop, proyektor, plakat va hokazo). 
Talabalar tarqatma materiallar bilan ta’minlanadilar. 
Talabalar mustaqil fikrlashi uchun tо‘la sharoit yaratiladi. 
1. UMUMIY QOIDALAR 
Mazkur Qonun О‘zbekiston Respublikasida mahsulotlar, xizmatlar va 
boshqa obyektlarni shu jumladan ishlab chiqarish jarayonlarini, menejment 
tizimlarini, muvofiqlikni baholash sohasida xodimlar sifatida ishtirok etishga 
talabgor mutaxassislarni (matnda bundan keyin «mahsulotlar» deb yuritiladi) 
sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek 
sertifikatlashtirish ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini 
belgilab beradi. 
Mazkur Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi: 
«sertifikatlashtirish milliy tizimi» — davlat miqyosida amal qiladigan, 
sertifikatlashtirish о‘tkazishda о‘z tartib va boshqaruv qoidalariga ega bо‘lgan 
tizim; 
«mahsulotlarni 
sertifikatlashtirish» 
(matnda 
bundan 
keyin 
«sertifikatlashtirish» deb yuritiladi) — mahsulotlarning belgilangan talablarga 
muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat; 
«muvofiqlik sertifikati» — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan 
talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga 
binoan berilgan hujjat; 
«muvofiqlik belgisi» — muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq standartga 
yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini kо‘rsatish uchun mahsulotga yoxud 
kо‘rsatilgan xizmatga doir hujjatga qо‘yiladigan, belgilangan tartibda rо‘yxatga 
olingan belgi; 
«mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sertifikatlashtirish tizimi» — ayni bir 
xil standartlar va qoidalar qо‘llaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki 
xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi; 
«sifat bо‘yicha ekspert-auditor» — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
attestatsiyadan о‘tkazilgan, muvofiqlikni baholash sohasidagi ishlarni olib borish 
uchun tegishli malakaga ega bо‘lgan mutaxassis; 
«sertifikatlashtirish bо‘yicha inspeksiya organi» — qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlashtirilgan mahsulotlar 
ustidan sertifikatlashtirish organlarining topshirig‘iga kо‘ra inspeksiya nazoratini 
amalga oshiruvchi yuridik shaxs; 


«sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan inspeksiya nazorati» — 
sertifikatlashtirilgan 
mahsulotlarning 
sertifikatlashtirilayotganda 
belgilangan 
talablarga 
muvofiqligini 
tasdiqlash 
maqsadida 
amalga 
oshiriladigan 
sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni davriy takroriy baholash tartib-taomili. 

Download 478.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling