O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


 QIYOSLASHDAN O‘TKAZILGAN HISOBGA OLISH ASBOBINI


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/89
Sana20.09.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1682956
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   89
Bog'liq
Metrologiya va standartlashtirish

 
6. QIYOSLASHDAN O‘TKAZILGAN HISOBGA OLISH ASBOBINI 
JOYIGA O‘RNATISH 
Vakolatli xodim qiyoslashdan o‘tkazilgan hisobga olish asbobini o‘rnatib, 
uning klemmnik qopqog‘ini (sxemasini) plombalaydi va iste’molchiga hisobga 
olish asbobining qiyoslashdan o‘tganligi haqidagi sertifikatning asl nusxasini 
beradi. 
Hisobga olish asbobi o‘rnatilgandan so‘ng, bu haqda ikki nusxada 
dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada hisobga olish asbobining turi, zavod raqami, 
ishlab chiqaruvchining tovar belgisi va uning o‘rnatilgan vaqtdagi ko‘rsatkichlari 
hamda boshqa zarur ma’lumotlar qayd etiladi. 
Dalolatnoma vakolatli xodim hamda iste’molchi tomonidan imzolanadi. 
Dalolatnomaning bir nusxasi iste’molchiga beriladi, ikkinchi nusxasi esa, elektr 
ta’minoti korxonasida saqlanadi. 
 
7. XULOSA 
 
O‘qituvchi talabalarga mavzu bo‘yicha berilgan ma’lumotlar, o‘quv 
mashg‘uloti vaqtida zamonaviy pedagogik interfaol texnologiyalar shaklida tahlil 
qilish asosida ushbu mavzu bo‘yicha zarur bilim va malakaga ega bo‘lishlari uchun
xulosalarni bayon qiladi.


17 
Nazorat savollari 
1. Maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish asboblarini 
qiyoslashdan o‘tkazishdan maqsad nima? 
2. Hisobga olish asboblarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish ishlarini tashkil qilish 
tartibini izohlang. 
3. Hisobga olish asboblarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish uchun yechib olish 
tartibini tushuntiring. 
4. Hisobga olish asboblarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish uchun davlat 
metrologiya xizmati organiga topshirish qoidalarini bilasizmi? 
5. Hisobga olish asboblarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish va ta’mirlash tartibini 
bilasizmi? 
6. Qiyoslashdan o‘tkazilgan hisobga olish asbobini joyiga o‘rnatish xuquqi 
berilgan sub’ektni bilasizmi? 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling