O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/89
Sana20.09.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1682956
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   89
Bog'liq
Metrologiya va standartlashtirish

 


27 
Tayanch so‘zlar: o‘lcham, o‘lcham birligi, kogerent hosila birlik, xalqaro 
o‘lchamlar tizimi, karrali o‘lcham birligi, asosiy o‘lcham, hosila o‘lcham, hosila 
o‘lchamlar birligi, o‘lcham birliklari tizimi. 
 
1. QO‘LLASH DOIRASI 
 
Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasida qo‘llashga ruxsat etilgan 
o‘lcham birliklarini yozish va qo‘llash tartibini belgilaydi. 
Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda ushbu qoida talablari ixtiyoriy 
hisoblanadi. 
 
2. ATAMALAR VA TA’RIFLAR 
 
Mazkur qoidalarda quyidagi atamalar va ta’riflar qo‘llanadi: 
o‘lcham — obyekt, jism yoki moddaning sifat jihatidan ajratilishi va miqdor 
jihatidan aniqlanishi mumkin bo‘lgan xossasi;
o‘lcham birligi — o‘lchamning, shu o‘lcham birligi deb qabul qilingan va u 
bilan bir xil bo‘lgan o‘lchamlarni miqdor jihatdan ifodalash uchun qo‘llanadigan 
qayd etilgan qiymati;
kogerent hosila birlik — ushbu o‘lchamlar tizimi uchun va asosiy 
birliklarning tanlangan to‘plami uchun asosiy birliklarning birga teng 
proporsionallik koeffitsiyenti bilan darajalarining ko‘paytmasi hisoblangan hosila 
birlik; 
xalqaro o‘lchamlar tizimi — Xalqaro o‘lchamlar tizimiga (keyingi 
o‘rinlarda SI deb ataladi) asoslangan, o‘lchov va tarozilar bosh konferensiyasi 
tomonidan qabul qilingan va tavsiya etilgan, nomlar va belgilar, shuningdek, old 
qo‘shimchalar to‘plami va ularning nomlari hamda belgilarini, ularni qo‘llash 
qoidalarini o‘z ichiga olgan tizim; 
karrali o‘lcham birligi — ushbu o‘lchash birligini birdan katta bo‘lgan 
butun songa ko‘paytirish yo‘li bilan olinadigan o‘lcham birligi; 
asosiy o‘lcham — ushbu o‘lchamlar tizimi uchun, tizim o‘lchamlaridan 
hech biri boshqa o‘lchamlar orqali ifodalanishi mumkin bo‘lmagan tarzda shartli 
ravishda tanlangan o‘lchamlardan biri; 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling