O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
GAZNI HISOBGA OLISH ASBOBLARINI TEKSHIRUVDAN
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Metrologiya va standartlashtirish
2. GAZNI HISOBGA OLISH ASBOBLARINI TEKSHIRUVDAN O‘TKAZISH UCHUN YECHIB OLISH Tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasi gazni hisobga olish asbobini davriy tekshiruvdan o‘tkazishning amal qilish muddati tugashidan o‘ttiz kun oldin iste’molchining gazni hisobga olish asbobini davriy tekshiruvdan o‘tkazish zarurligi haqida yozma ravishda ogohlantiradi. Tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasi rahbari gazni hisobga olish asbobini davriy tekshiruvdan o‘tkazish zarurligi haqida iste’molchilarning o‘z vaqtida ogohlantirilishi uchun mas’uldir. Iste’molchi gazning hisobga olish asbobini tekshiruvdan o‘tkazish uchun uni yechishini so‘rab tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasiga ariza bilan murojaat qiladi. Gazni hisobga olish asbobini ekspert tekshiruvidan o‘tkazish uchun surishtiruv, tergov, prokuratura organlari yoxud sudning qarori yoki ajrimiga asosan yechib olinishi mumkin. Gazni hisobga olish asboblarini tekshiruvdan o‘tkazish uchun yechib olish tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasining mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasining mutaxassisi ariza berilgandan so‘ng, besh ish kuni ichida gazni hisobga olish asbobini tekshiruvdan o‘tkazish uchun iste’molchi ishtirokida yechib oladi. Gazning hisobga olish asbobini yechib olish vaqtida tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasining mutaxassisi iste’molchi ishtirokida gazni hisobga olish asbobining o‘rnatilgan plombalari butligini tekshiradi. Gazni hisobga olish asbobining o‘rnatilgan plombalari but bo‘lgan taqdirda, gazni hisobga olish asbobi yechib olinadi va ikki nusxada Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda gazni hisobga olish asbobining yechib olinganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi. Mazkur dalolatnomaning bir nusxasi gazning hisobga olish asbobi bilan birga iste’molchiga beriladi. Gazni hisobga olish asbobi tekshiruvdan o‘tkazish uchun yechib olingandan so‘ng, tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasining mutaxassisi iste’molchining xohishiga ko‘ra uni gaz tarmog‘iga gazni hisobga olish asbobisiz ulaydi yoki vaqtincha tarmoqdan uzib qo‘yadi. Iste’molchining gaz tarmog‘iga ulanganligi yoki ulanmaganligi gazni hisobga olish asbobining yechib olinganligi to‘g‘risidagi dalolatnomada ko‘rsatiladi. Iste’molchi gazni hisobga olish asbobisiz gaz tarmog‘iga ulangan taqdirda, foydalanilgan gaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda to‘lov amalga oshiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling