O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/89
Sana20.09.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1682956
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Bog'liq
Metrologiya va standartlashtirish

2. ISO NASHRLARI 
Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot bir qator turli materiallarni 
nashr etadi. Eng avval, bu tashkilot harfli indeks va raqamli belgi (masalan ISO 
5827) ga ega bo‘lgan xalqaro standartlarni chop etadi. Qator hollarda texnik 
dokladlar chop etiladi. Bu dokladlarda ma’lum mavzu bo‘yicha standartlashtirish 
ishlarining borishi to‘g‘risida xabar beriladi yoki odatda standartlarga 
qo‘shiladigan axborot va ma’lumotlar keltiriladi. 
Har yilning fevral oyida xalqaro standartlar katalogi (ISO Catologue) 
nashrdan chiqadi. Bu katalogda xalqaro standartlar qo‘llanish doiralari va mavzu 
guruhlari bo‘yicha joylashtiriladi. ISO standartlaridan tashqari MEK bilan 
birgalikda xalqaro standartlashtirish doirasida eng dolzarb mavzular bo‘yicha 
“qo‘llanma” (Guides) chop etiladi. ISO bibliografik ko‘rsatkichlarni nashr etadi. 
Bu ko‘rsatkichlarda ISO standartlari va standartlarning loyihalari, shuningdek 
yagona doiraga tegishli boshqa xalqaro tashkilotlarning standartlari ro‘yxati 
beriladi. Ma’lum doiraga oid ISO standartlarining to‘liq matni mavzu 
to‘plamlarida (Hand-books) chop etiladi. Bu nashrlardan tashqari, o‘tgan yil uchun 
(har yili) ISO ishlari to‘g‘risida hisobot va ISO ning texnik dasturi (yilda ikki 
marta) chop etiladi. Bu dasturda xalqaro standartlar loyihalarining sarlavhasi va 
ularni ishlab chiqish bosqichlari ko‘rsatiladi. 1985-yilda amaldagi xalqaro 
standartlar Predmetli ko‘rsatkichi chop etiladi. Bu ko‘rsatkich muhim (KWIC) 


100 
so‘zlar bo‘yicha tuzilgan. Har yili ISO ning tuzilmasi to‘g‘risida, a’zo-qo‘mitalar 
to‘g‘risida va har bir texnik qo‘mitaning faoliyati sohasi (ISO Memento) 
to‘g‘risida axborotni o‘z ichiga olgan ma’lumotnoma chiqadi. ISO ishlari 
to‘g‘risidagi axborot har oylik axborot byulletenida (ISO Bulletin) aks ettiriladi. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling