O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universityeti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


-rasm. Suyuqlik nasosi kesimdagi ko‘rinishi


Download 1.68 Mb.
bet24/36
Sana25.01.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1120335
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
Meliyev БИ Охри Malaka oshirish (2)

8-rasm. Suyuqlik nasosi kesimdagi ko‘rinishi:
1-korpus; 2-parrak; 3-val; 4-tekstolit shayba; 5-siquvchi salnik; 6-drenaj; 7-podshipnik;
8-shkiv; 9-stopor bolt
Nasos vali aylanganda suyuqlikning siyraklanishi ta’sirida parrak markaziga suriladi. Shunda, parrak kurakchalari suyuqlikni markazdan qochma kuchlar ta’sirida korpusning chetki aylana boʻshligʻiga yoʻnaltiradi. U yerda yigʻilib qisilgan suyuqlik past bosim bilan xaydash patrubogi orqali silindrlar blokida (yoki kallagida) joylashgan suv taqsimlagichga yoʻnaltiriladi. Dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi 3000 min-1 ga etganda nasosning suyuqlikni haydashi 240 min ni tashkil etadi.
Ventilyator radiator oʻzagidan oʻtayotgan havo oqimini jadallashtirib, undan issiqlikning tashqi muhitga tarqalishini tezlashtiradi. Ba’zida ventilyatorning effektli ishlashi uchun uni yoʻnaltiruvchi qobiq ichiga joylashtiriladi. Ventilyator, odatda radiatorning orqa tomoniga yaqin oʻrnatiladi. Yengil avtomobil dvigatellarida parraklar koʻpincha plastmassadan tayyorlanadi.
Radiatordan oʻtayotgan havo oqimining tezligi ventilyatorning diametriga, parraklarining soni va qiyalik burchagiga, shuningdek aylanishlar chastotasiga bogʻliq boʻladi. Avtomobil dvigatellarida ventilyator toʻrt, besh, olti yoki sakkiz parrakli boʻladi. Avtomobil dvigatellarida ventilyatorni harakatga keltiruvchi yuritma mexanik (ponasimon tasma yoki shesternyalar bilan), gidravlik (gidromufta bilan) yoki elektrik (elektr ventilyator) boʻlishi mumkin.
Gidromufta dvigatelning oldida tirsakli valga oʻqdosh holda oʻrnatiladi. Ventilyatorning aylanishlar chastotasi gidromuftaga kelayotgan moyning miqdoriga bogʻliq boʻladi. Moyning miqdori sovitish tizimidagi suyuqlikning haroratiga qarab avtomatik oʻzgarib turadi.
Buning uchun sovitish tizimiga oʻrnatilgan termodatchik gidromuftaning ichki boʻshligʻini, dvigatelning moylash tizimi bilan bogʻlab turuvchi kanal yoʻlini avtomatik ochib (sovitish tizimidagi suyuqlikning harorati 85°C dan yuqori boʻlganda) yoki yopib (suyuqlik harorati 85°C dan past boʻlganda) turadi. Termodatchik ventilyatorning ish rejimini boshqaruvchi uzgich bilan birgalikda dvigatelning oldida, slindrlarga sovituvchi suyuqlikni kirituvchi patrubokda oʻrnatiladi. Ventilyatorni harakatga keltiruvchi gidromuftani uzgich yordamida quyidagi uch rejimda ishlatish mumkin:

  1. Avtomatik rejim – ventilyator, dvigateldagi sovituvchi suyuqlikning harorati koʻtarilib 85…90°C larga borganda avtomatik ishga tushadi.

  2. Ventilyator o‘chirilgan rejim – bunda ventilyator, podshipnik va manjetalarning aylanishidan vujudga kelgan ishqalanish kuchi ta’sirida, shuningdek, avtomobilning harakatidan vujudga kelgan qarshi havo oqimining ta’sirida past chastotada aylanib turadi.

  3. Ventilyator doim ulangan rejimi – bunda ventilyatorning aylanishlar chastotasi, dvigateldagi sovituvchi suyuqlik haroratining qanday boʻlishidan qat’iy nazar taxminan tirsakli valning aylanishlar chastotasiga teng boʻlgan holda doim aylanadi.

Yuqorida aytilgan rejimlarning asosiysi gidromuftaning avtomatik rejimda ishlashi hisoblanadi. Qandaydir nosozlik tufayli avtomatik ish rejimi ishlamay qolganda vaqtincha uchinchi rejimda ishlaishi mumkin.
Zamonaviy yengil avtomobillar dvigatellarida koʻpincha elektr ventilyatorlar qoʻllanilmokda. Bunday ventilyatorlar, gidromuftali ventilyatorlar kabi dvigatelning sovitish tizimida eng maqbul harorat rejimini avtomatik saqlaydi. Ventilyatorning avtomatik ravishda harakatga kelishi yoki harakatdan toʻxtatishi, sovituvchi suyuqlikning haroratiga bogʻliq boʻlib, radiator bakchasiga oʻrnatilgan datchikning signali bilan boshqariladi.
Neksiya avtomobili dvigatelida elektr ventilyator sovituvchi suyuqlikning haroratiga qarab ikki rejimda ishlashi nazarda tutilgan. Sovituvchi suyuqlikning harorati 90°C dan ortganda radiator bakchasiga oʻrnatilgan elektr datchigining signali boʻyicha kichik aylanishlar chastotasida avtomatik ishga tushadi. Ventilyatorning katta aylanishlar chastotasiga oʻtishi sovituvchi suyuqlikning harorati 105°C dan ortganda, dvigatelning elektron bloki boshqaruvida (EBB) oʻrnatilgan rele yordamida avtomatik ravishda boʻladi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling