O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm


Manchjuriya dinastiyasining hokimiyat tepasiga kelishi


Download 1.29 Mb.
bet158/171
Sana13.09.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1677252
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   171
Bog'liq
O`rta asrlarМажмуа

Manchjuriya dinastiyasining hokimiyat tepasiga kelishi.
Xitoy xalqining manchjur bosqinchilariga qarshi kurashi. Manchjuriya dinastiyasi Xi`toyda darhol mustahkamlana olmadi. 1645 yilda Manchjurlar shiddatli jangdan keyin YAntjou va Nankinni olib, janubiy viloyatlarga qarab yo`lga chiqishganida ularning front orqasida Manchjurldarga qarshi qo`zg`olon yangi kuch bilan ko`tarildi. Xun an`, Sichuan va guansi, CHjetszyan, Funzyan, SHen`esmi va Gansu viloyatlarida Manchjurlarga qarshi harakat avj olib, bu harakat XVIII asr 40-yillarining oxirigacha davom etdi. Manchjurlar shu paytga kelibgina qo`zg`olonni bostira oldilar. SHarqiy viloyatlarda keng ko`lamdagi harakatlar bo`lib o`tdi, bu yerda Manchjurlarga qarshi kurashda dengiz sohilidagi ana shu viloyatlarning savdo floti katta rol` o`ynadi. Dengiz sohilida joylashgan sharqiy viloyatlardagi Manchjurlarga qarshi harakat 1662 yildagina uzil-kesil bostirildi.
Janubiy viloyatlarda Manchjurlarga qarshi harakat yanada uzoq davom etdi. Tayvan orolida va Janubiy-sharqiy Xitoyning dengiz sohilidagi viloyatlarida Manchjurlardan mustaqil bo`lgan CHjen-CHen Gun va uning o`g`li CHjen-TSen boshchiligida mustaqil davlat tashkil topdi. Janubiy Xitoy plortlaridagi savdogarlar orasida sotsial-tayanch topgan bu janubiy davlat 30 yildan ko`proq (1650-1683) yashadi. CHjen CHen-Gun floti 50-yillarda Nankin shahrini ikki marta qamal qildi. Oqibat natijada Manchjurlar CHjen TSen-Gun vorislarini Gollandiya floti yordamida tor-mor keltirishga muvaffaq bo`ldilar. Ana shu davlat mustaqilligi tugatilgandan keyingina TSin davlati o`zini butun Xitoyning ho`jayini deb hisoblay oldi. Ana shunday benihoya og`ir sharoitlarda, feodallar o`z vatanlariga xiyonat qilgan vaziyatda Xitoy xalqi bir-necha o`n yilliklar mobaynida Manchjuriya bosqinchilariga qarshi qahramonona kurash olib bordi.
Manchjurlar zulmi Xitoy xalq ommasi yelkasiga og`ir yuk bo`lib tushdi. YAngi hokimiyatning tobora dahshat bilan o`tkazgan muttasil jazo operatsiyalari natijasida mamlakat xonavayron bo`ldi. Manchjurlar Xitoylarning milliy tuyg`ularini tahqirladilar. Jumladan, barcha erkak xitoyliarning bo`ysunganlik ramzi sifatida uzun soch qo`yib o`rib yurishga majbur qildilar. Manchjurlar feodal dehqonchilik munosabatlarini mustahkamladilar va saqlab qoldilar. O`zlari bosib olgan rayonlarda dehqonlar harakati qoldiqlarini shafqatsizlik bilan bostirdilar. Manchjuriyaning yangi zodagonlari hamda mamlakatda imtiyozli mavqeni egallagan va jandarmalarning o`ziga xos juda katta korpusi rolini o`ynagan manchjur qo`shinlari juda katta yerlarni bosib oldi; ularning vazifasi xalqning yangi harakati yo`lidagi har-qanday urinishlarni doimo bostirib turishdan iborat edi. Ayni vaqtda manchjurlar qo`shni xalqlarga nisbatan dushmanlik va ishonchsizlik siyosatlari bilan Xitoyni atayin yakkalab qo`ydilar, bu jihatdan uning muvaffaqiyatli sotsial-iqtisodiy rivojlanishiga halaqit berdilar.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling