Yig’lamagin” sahna ko’rinishi 1-sahna


Download 16.67 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi16.67 Kb.
#1239977
Bog'liq
Yig\'lamagin


Yig’lamagin” sahna ko’rinishi
1-sahna
(Sendan bo’lak qo’shig’i qo’yiladi) monitorda tun rasmi qo’yiladi.
Bola otasini ichkaridan kalyaskada olib chiqadi. Keyin oyoq qo’lini yuvadi. Otasi soqovcha gapiradi. (shu yerda musiqa pastlatiladi) Otasini quchoqlab keyin ichkariga olib kiradi.
2-sahna
(monitorda 22.00 yozuvi qo’yiladi so’ng do’kon rasmi qo’yiladi)
O’zi do’konga ishga ketadi. Do’konda yuk tashiydi. So’ngra (monitorda 7.00 yozuvi qo’yiladi) Uyiga boradi. Formalarini kiyib o’qishga ketadi.
3-sahna
Partalar chiqariladi (2 parta 6 kursi) Monitorda darsxona rasmi qo’yiladi. Kursdoshlari bilan birga hamma birga kelib joylariga o’tirishadi. O’qituvchi keladi va hammadan Ota-onalari qayerda ishlashlarini so’raydi (shu yerda musiqa pasaytiriladi) va har kim bir turib o’tiradi har kimga 2 sekund. Bolaga navbat kelganida (shu yerda musiqa pasaytiriladi) Onam vafot etganlar, otam birinchi guruh nogironi deydi. Hamma unga qaraydi. Zvanok chalinadi. (bu musiqa ichkaridan bir telefonda qo’yib yuboriladi). Hamma yeydigan narsalarini olib chiqadi bola o’rnidan turib ketayorganida do’sti o’tistiradi va hamma uning partasiga kelib birga ovqatlanishadi (3-4 sekund) Zvanok chalinadi (yana telefonda qo’yiladi) va yana o’qituvchi kirib keladi. (shu yerda musiqa pasaytiriladi) “Talabalar kontrakt miqdori yana 10 foizga ko’tarildi” Bola yugirib chiqib ketadi.
4-sahna
(Monitorda kechgi tun tasviri qo’yiladi) Bola otasini olib chiqadi va boshini otasining oyog’iga qo’yadi. Ikkalasi ham yig’lashadi.
5-sahna
(monitorda darsxona tasviri qo’yiladi) Ertalab yana o’qishga keladi hamma o’tiradi. O’qituvchisi kirib (shu yerda musiqa pasaytiriladi) “Talabalar prezidentimiz tashabbusi bilan boquvchisini yo’qotgan, “Temir daftar” ga kiritilgan oila farzandlarining, shuningdek “yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning davlat oliy ta’lim muassasalarida o’qishi bo’yicha yillik to’lov-kontrakt summasining 50 foizigacha to’lab berilishi mumkin” deydi. Hamma quvonib ketib bolani bag’riga bosishadi. 2 tarafdan bayroq olib chiqishadi.
Download 16.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling