4.6 – rasm. Suyuqlik oqib chiqadigan tirqish teshikli sarf o‘lchagich.
4.6-rasmda ko‘rsatilgan sarf o‘lchagich ikki shtutserli to‘rtburchak idish 2 dan
iborat. Shtutserlardan biri idishning yonida joylashgan bo‘lib, suyuqlikni kiritish
uchun, ikkinchisi esa pastda joylashgan bo‘lib, suyuqlikning oqib chiqishi uchun
xizmat qiladi. Idish ichki tomonidan to‘siq bilan bo‘lingan, bu to‘siqqa profillangan
teshikli shchit germetik ravishda mahkamlangan. Idishdagi suyuqlik oqib chiqadigan
tirqish oldiga muxofazalovchi g‘ilofli pezometrik naycha 1 cho‘ktiriladi. Haydalgan
havo miqdori nazorat stakanchasi 4 yordamida tekshiriladi. Havo bosimi reduktor 6
orqali o‘zgarmas qilib saqlanib turiladi va manometr 5 bilan o‘lchanadi. Filtr 7
havoni tozalaydi. Pezomstrik naychadagi bosim tirqish oldidagi suyuqlik ustunining
zichligi va balandligi bilan, demak, suyuqlikning massaviy sarfiga bog‘liq.
Pezometrik naychadagi gidrodinamik bosimning qiymati difmanometr 3 bilan
o‘lchanadi. 4.6-rasmda keltirilgan sarf o‘lchagichning xususiyatlaridan biri
ikkilamchi asbob shkalasining bo‘linmalari tengligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |