O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Sabzavot ekinlarining kelib chiqish markazlari


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/124
Sana08.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1674281
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   124
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Sabzavot ekinlarining kelib chiqish markazlari. Akademik N.I.Vavilov 
o’zining irsiy o’zgaruvchanlikda gomologik qatorlar qonuni asosida butun dunyo 
o’simliklar kollektsiyasini chuqur o’rganish natijasida 1935 yil madaniy 
o’simliklarning, shu jumladan sabzavot-poliz ekinlarining kelib chiqish va madaniy 


49 
ekin sifatida shakllanishining markazlari to’g’risidagi tahlimotini yaratdi. Bu 
tahlimotga ko’ra sabzavot-poliz ekinlari 8 ta markazdan kelib chiqqan. Ular 
quyidagilar: 
1. Xitoy markazi (g’arbiy, markaziy rayonlari). Pekin, Xitoy karamlari, turp, 
batun piyoz, rovoch shu markazdan kelib chiqqan. 
2. Hindiston (Hindiston, SHarqiy Pokiston, Birma, Bangladesh) markazi. Bu 
markaz bodring, boyimjon, hind salatining vatanidir. 
3. O’rta Osiyo (Afg’oniston, G’arbiy Pokiston, O’zbekiston, Turkmaniston, 
Tojikiston). Bu markazdan qovun, bosh piyoz, sarimsoq, ismaloq, rediska, 
sholg’om, sariq sabzi, gorox kelib chiqqan. 
4. Old Osiyo (Turkiya, Suriya, Eron, Iroq, Isroil, tog’li Turkmaniston, 
Zakavkazya). Qovun, qattiq po’stli qovoq, petrushka, porey piyoz, salat shu yerdan 
kelib chiqqan. 
5. O’rta yer dengizi markazi. Bu lavlagi, karamni ko’p turlari, karotinli 
sabzi, petrushka, sholg’om, sparja, shivit, pasternak, shovul, gorox vatanidir. 
6. Habashiston (Efio’iya). SHalot piyoz, bargli xantal, gorox, bamiya, 
dukkaklar shu markazdan kelib chiqqan. 
7. Meksika va Markaziy Amerika markazi. Bu markazdan qalampir
makkajo’xori, fizalis, olchasimon pomidor, muskat qovoq kelib chiqqan. 
8. Janubiy Amerika markazi ( Peru, Ekvador, Boliviya). Bu yer tomat, yirik 
mevali qovoq, kartoshka vatanidir. 
Madaniy o’simliklar kelib chiqishi hamda shakllanishining markazlarini 
birlamchi va ikkilamchilarga ajratish N.I.Vavilov tomonidan taklif etilgan. 
Birlamchi markazlar juda qadimiy bo’lib, ikkilamchi markazlar ancha keyinroq 
tashkil topgan. Ularning vujudga kelishi dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi 
rayonlar o’rtasida savdo-sotiq va boshqa aloqalarning rivojlanishi bilan bog’liqdir. 
Pomidorning vatani Janubiy Amerika hisoblanadi. U Yevropaga XVI asr 
o’rtalarida keltirilgan bo’lsada, lekin uzoq vaqtgacha manzarali va dorivor o’simlik 
sifatida o’stirilgan. XVIII asr oxirlarida pomidor oziq-ovqat ekini sifatida yetishtirila 
boshlandi. XIX asr o’rtalarida esa Rossiya va Yevropa janubiga keng tarqalib, o’tgan 
asrning oxirlaridan boshlab O’rta Osiyoda ham ekila boshlangan. O’zbekistonda 
sabzavot ekinlari ichida ommabo’ va keng ko’p tarqalgani pomidor bo’lib, maydoni 
va yalpi hosili bo’yicha birinchi o’rinda turadi. Sabzavot ekinlar umumiy 
maydonining 35-38% ini pomidor tashkil etadi. 
Ildizmevali sabzavot ekinlar O’rta yer dengizi atroflaridan kelib chiqqan. 
N.I.Vavilov (1940) fikricha sabzi va turp kelib chiqish markazi ikkita: O’rta yer 
dengizi va janubiy – g’arbiy hamda sharqiy Osiyo hisoblanadi. Yapon olimi 
I.Nisiyama (1958) fikricha sabzi va turp Xitoy va Yaponiyaga Yevropadan qadimgi 
Ipak yo’li orqali kirib kelgan. 


50 
Ularning ko’pchiligi qadimdan, jumladan, turp 5 ming, sabzi 3 ming yil ilgari 
madaniy holda ekila boshlangan. Hozirgi vaqtda ildizmevali sabzavotlar hamma 
joyda, ayniqsa, mo’tadil iqlim sharoitlari mamlakatlarida ko’p ekilmoqda.
Dunyo dehqonchiligida sabzi ekin maydoni bo’yicha Polsha birinchi o’rinda 
turadi. U Frantsiyada 40 ming, AQSHda 30 ming, Yaponiyada 20 ming, Buyuk 
Britaniyada 12 ming, Kanada 5 ming gektarga ekiladi.
Bizda sabzi sabzavotlar umumiy maydonining 4-6 % iga, xo’raki lavlagi esa 
2-3 % iga ekilmoqda. Turp, sholg’om kam, pasternik, petrushka hamda selderey esa 
undan ham kam maydonga ekiladi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling