O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
Tog’rayhon labguldoshlar oilasiga mansub, ko’p yillik o’t bo’lib, bo’yi 40 sm
keladi. Uning poyasi tik bo’lib bitta yoki bir nechta bo’ladi. poyaning yuqori qismi shoxlangan. Bargi tuxumsimon yoki chopziq, uch tomoni o’tkir yoki to’mtoq bo’lib, asosi keng ponasimon, qirrali bo’ladi. Gullari poyaning yoki novdalarning uch qismida deyarli bandsiz bo’lib, ro’vaksimon shaklda to’pgul hosil qiladi. Bizda o’simlikning bir turi va bir qancha formalari uchraydi. Ular jumhuriyatimizning barcha tog’li rayonlaridagi mayda shag’alli, chirindiga boy bo’lgan qo’ng’ir va qora tuproqlarda o’sadi. SHuningdek daryo yoqalarida, buloqlar atrofida, daraxtlar tagida va ochiq maydonlarda, adir hamda janubiy, tog’ yon bag’irlarida o’sib, dengiz sathidan 2400 m balandliklarda keng tarqalgan. Tog’rayhon iyul-avgustda gullaydi, urug’i avgust-sentabr oylarida to’liq pishadi. Bu o’simlik juda yoqimli hidga ega. SHuning uchun undan ziravor o’simlik sifatida, har xil konservalar tayyorlashda bodring, karam, pomidor, uzum, olma va tarvuzlarni sirkalash hamda tuzlashda foydalanish mumkin. Tog’rayhonning juda qadim zamondan beri shifobaxsh o’simlik ekanligi ko’pchilikka ma’lum. Uning yer ustki qismi gullash davrida ovqat hazm qilish ahzolarining ish faoliyatini yaxshilash uchun ishlatiladi. Tibbiyotda undan tayyorlangan sharbatlar uyqusizlikka qarshi hamda siydik haydovchi vosita sifatida va tanadagi dog’larni davolashda foydalaniladi. Undan olingan efir moyi dori-darmon sifatida, tish og’rig’ini davolashda ham ishlatiladi. O’simlikdan vermut vinosiga, kvas, va araqlarga hid berishda hamda spirtsiz ichimliklar tayyorlashda foydalaniladi. Tog’rayhonning yer ustki qismidan efir moyi olib, har xil atirlar, tish pastalari, hidli sovunlar tayyorlashda foydalanish mumkin. Tog’rayhon tarkibida 73 2,2% efir moyi, 6-8% tanid moddasi, organik kislotalar, mineral tuzlar hamda vitamin S va provitamin A juda ko’p miqdorda bo’ladi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling