O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/124
Sana08.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1674281
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   124
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Oddiy zirk - Berberis vulgaris L. Zirk doimo yashil butadir. Oddiy zirkning 
bo’yi 1,5-2 m gacha yetadigan tikanli bo’ta bo’lib, ko’p yillik tik turuvchi poyalari 
bor va ular kulrang ‘o’sloq bilan qo’langan. Bir yillik poyalar esa kulrang sarg’ish 
yoki jigarrang tikanlari ba’zida Z ga ajralgan. Barglari 8-9 tadan rozetkaga 
yig’ilgan bo’lib, yon bargchalari bilan kalta poya ichiga joylashgan. Gullari oddiy 
shingilga yig’ilgan ular poya uchida bo’lib har bir shingilda 10-20 tadan sariq 
gullari yakka gul o’rni bilan joylashgan. Mevalari qizil, uzunchoq 12 mm 
uzunlikda va eni 2 mm. O’simlik G’arbiy Yevropa, Kavkaz-da va SHimoliy 
Osiyoda keng tarqalgan. 
Kimyoviy tarkibi. O’simlikning mevasi, urug’i, po’sti hamda ildiz tarkibida 
organik kislotalar, buyoq moddalar, shakar, vitamin C, B
1
, B
2
, PP, K va berberin 
alkaloidi va boshqa moddalar saqlaydi. Alkaloidlarning 90% urug’ida bo’ladi. 
Urug’i esa o’simlikning 10-20% ni tashkil etadi. 
Ishlatilishi. Zirk xalq va ilmiy tibbiyotda sariq kasallik, singa, revmatizm
oshqozon-ichak kasalliklari va yurak faoliyatini mustahkamlashda keng 
qo’llaniladi.


72 
3irk mevalari sentabr-Oktabr oylarida pisha boshlaydi. Quritishdan oldin 
begona qoldiq aralashmalaridan tozalanadi va 13% namlik qolguncha oftobda 
quritiladi, qo’larda yaxshi shamollatiladigan xonalarda 2 yilgacha saqlanadi. 
Kiyiko’t labguldoshlar oilasiga kiruvchi, bo’yi 40sm keladigan ko’p yillik 
o’simlikdir. Bargi qisqa bandli, yaxlit chekkali, asosi ponasimon, tukli yoki kam 
tukli bo’ladi. Gullari novdalarning uch qismida sharsimon-dumaloq shaklli 
to’pgullar hosil qiladi. Gultojibargi 7-8 mm, och binafsha rangli bo’ladi. U iyuniyul 
oylarida gullaydi, urugi iyul-avgust oylarida yetiladi. Kiyiko’t tog’ mintaqalarining 
shimoliy, janubiy, janubi-g’arbiy yon bag’irlaridagi shag’alli va toshli, qo’ng’ir 
tuproqli yerlarda va dengiz sathidan 2400 m gacha bo’lgan balandliklarda o’sadi. 
Kiyiko’t mahalliy xalqlarning sevimli ziravorlaridan bo’lib, undan har xil taomlar 
va salatlar tayyorlashda ishlatilib kelinmoqda. Kiyiko’tdan meva sabzavot 
mahsulotlarini tuzlashda foydalanish mumkin. Kiyiko’t turli gusht va baliq 
mahsulotlarini konservalashda va vino, likyor ishlab chiqarishda qo’llanilishi 
mumkin. Bu o’simlik qoramurch va lavr barglaridan ko’ra shifobaxshligi, 
xushtamligi bilan ustun turadi. Kiyiko’t xalq tabobatida yurak sanchish kasaligiga 
qarshi qaynatilib ichiladi. Uning barg, poya va to’pgullarida 0,06-2,3% gacha efir 
moyi bo’ladi. Efir moyi och yashil yoki sariq, jigar rang bo’lib, uning tarkibini 
mentol, menton, ‘ulegon, pinen tashkil etadi. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling