123
masalalarni, yani narsalar ustida ish bajarishdan (qo‘shish, ayirish)
bevosita kelib
chiqadigan (qo‘shdik – ko‘paydi, ayirdik – kamaydi) arifmetik masalalarni
yechadilar. Bular yig‘indi va qoldiqni topishga qaratilgan masalalardir.
Bolalarni
katta songa kichik sonlarni qo‘shish hollari bilan tanishtiriladi: ularni avval bir
sonini qo‘shish va ayirish, keyinroq 2 va 3 sonlarini qo‘shish va ayirishga o‘rgatib
boriladi.
Masalalarni yechishga o‘rgatish bosqichlari. Maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalarni hisoblash faoliyatiga o‘rgatish va
masalalar bilan tanishtirish,
ularga kichik-kichik hajmda bosqichma-bosqich bilimlar berish bilan amalga
oshiriladi. Birinchi bosqichda bolalarga masalalar tuzishni o‘rgatish hamda ularga
masalalar mazmunida tevarak-atrofdagi hayotda o‘z
aksini topishini anglab
olishlarida yordam berish zarur. Ular masala strukturasi (tuzilishi)ni o‘rganib,
masalaning shart va savollarini aniqlaydilar, berilgan
sonlarni muhim ahamiyatga
ega ekanligini anglab oladilar. Bundan tashqari, ular masalalar yechishga, qo‘shish
va ayirish amallarini ongli tanlash va ifodalashga, masalada aytilgan narsalar bilan
bajarilgan amallar qanday miqdoriy o‘zgarishlarga olib kelishini aniqlashga
harakat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: