O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna
Nazorat savollari va topshiriqlar
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Математик тасаввурларни шакллантириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni maktabga tayyorlashga qo‘yiladigan talablarni ayting. 2. Bolalarning maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablarni bajarishning ahamiyatini izohlang. Topshiriq: Bolalarning maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablarni tahlil qiling har bir yo‘nalish bo‘yicha qoyilgan talablarni izohlang. Adabiyotlar: 1.Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –T.: Ilm ziyo, 2006. 135 2. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.: Ўқитувчи, 1995 й. 3. Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007. OILADA VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OLIB BORILADIGAN METODIK ISHLARNI REJALASHTIRISH Tayanch so‘z va iboralar: elementar matematik tasavvurlar, metodik usullar, rejalashtirish, ta’lim, tarbiya, matematika mashg‘ulotlari. Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida ta’lim-tarbiya masalalari. Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida ta’lim-tarbiya masalalari muhim о‘rin egallaydi. Ayniqsa, ular oilada farzand tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning asarlarida oilada bola tarbiyasi masalari va ularni hal etish yо‘llari kо‘rsatib berilgan. Abu Nasr Forobiy fikricha, bola tarbiyasi bir maqsadga qaratilgan holda olib borilmog‘i va u aqliy hamda axloqiy tarbiya birligidan iborat bo‘lmog‘i lozim, degan xulosaga kelgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish masalalari Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino merosida yoritganligini ko‘rishimiz mumkin. Beruniy ota-onalarning bolalari bilan birga harakat qilishlari, turli o‘yinlar uyushtirishlari, ular bilan o‘zaro suhbatlar o‘tkazishlari maqsadga muvofiq, deb maslahat beradi. Beruniyning tarbiya maqsadi va vazifalari, shaxsning rivojlanishi to‘g‘risidagi fikrlari zamirida insonparvarlik g‘oyasi yotadi. U har bir ota-ona o‘z farzandlariga ana shu g‘oyani singdirishi zarur xulosaga keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini to‘g‘ri tashkil qilish ularning vaqtdan to‘g‘ri va unumli foydalanishi garovi ekanligini ota-onalar hamisha yodda tutishlari lozim. Bola tarbiyasi masalalari bo‘yicha Abu Ali ibn Sino “Tadbir Al- Manozil’ nomli asarini yozgan. Unda olim ota-onaning bola tarbiyalashdagi 136 vazifalarini yoritib, oiladagi munosabatlarga to‘xtalar ekan, ayniqsa, ota- onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o‘rgatish borasida muhim fikrlar bayon etadi. Ibn Sino tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy masalalarga keng o‘rin berilgan. Ota oilada o‘z farzandlariga har tomonlama: yurish-turishda, nutq odobida, o‘zaro muomala jarayonida, eng muhimi, amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va haqqoniylik, samimiylikda namuna bo‘lmog‘i kerak. Oilada farzand tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishning asosiy vositasi uning ma’naviy olamida e’tiqodni shakllantirish, deb hisoblagan edi olim. Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” asarida oilaviy, maishiy turmush muammolariga ham katta e’tibor qaratgan. U kishilarning uylanib , oila qurishidan boshlab, farzand tarbiya etishi, oilaning moddiy ta’minotini yuritishigacha bo‘lgan eng zaruriy vazifalarini birma-bir bayon etadi. Ota-onalar nazoratida bo‘lgan bolaning mas’uliyat hissi rivoj topadi. Shu sababli ham bola tarbiyasida ota- onaning mavqei alohida ahamiyatga egadir. Ular tanlagan to‘g‘ri yo‘l farzandlarining kelajagi, kamoloti uchun nihoyatda muhimdir, deb hisoblaydi. Jamiyatda farzandlarining xulq-atvoriga qarab ota-onalariga baho berilishini aytib o‘tadi. Davlat arbobi va buyuk olim Mirzo Ulug‘bekning qarashlarida bolaning bilim olishiga bo‘lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o‘rin egallashini ta’kidlanadi. Shunday ekan, avvalambor, bola tarbiyasida oila muhitini to‘g‘ri tashkil qilish darkor. Kaykovus “Qobusnoma” pandnomasida “O‘z farzandingning sening haqingda qanday bo‘lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday bo‘lgil, nedinkim sen ota-onang haqida ne ish qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish qilur, chunki farzand mevaga , ota-ona mevali daraxtga o‘xshaydir, “ deb yoshlarni ota-onasini hurmat qilishga, e’zozlashga, mehr oqibatli bo‘lishga da’vat etadi. Ota-ona o‘z farzandi uchun hatto o‘limga ham tayyorligini ta’kidlaydi. Bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosida ham munosib o‘rin egallaydi. Uning fikricha, jamiyatning yetukligi, uning taqdiri va 137 kelajagi yoshlar kamoloti bilan bog‘liqdir, shunga ko‘ra bola tarbiyasi ota-onalar oldidagi oliyjanob vazifadir. Y.A.Kamenskiy “Onalar maktabi” kitobining “Maktabga tayyorlash” bobida shunday yozadi: Barcha insonlar bajaradigan ishlar ma’lum bir tayyorgarliklarni talab qiladi. Ota-onalar shuni o‘ylab, o‘z bolalarini maktabga tayyorlashadi”. Maktabga har tomonlama tayyorgarlikning mazmunidan tashqari, Kamenskiy ota- onalar uchun quyidagilarni tavsiyalarni ko‘rsatadi: 1.Bolalar maktabga borganda, o‘z tengdoshlari bilan o‘qigan va o‘ynagan vaqtida xursandchilik hissini tug‘dirish kerak. 2.Bolalarga maktabdagi ta’limning mohiyatini tushuntirish, maktabdagi faoliyat turlari bilan tanishish lozim. 3.Bolalar bo‘lajak o‘qituvchilarga nisbatan hurmat va ishonchni shakllantirish. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling