3-mavzu: bolalarni maktabga tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablarining soha, kichik soha va indikatirlari
Download 402.42 Kb. Pdf ko'rish
|
3 MAVZU AMALIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy ta’limiy faoliyatning maqsadi
- Talimning vositalari
- Kichiq ma’ruza
3-MAVZU: BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHGA QO‘YILADIGAN DAVLAT TALABLARINING SOHA, KICHIK SOHA VA INDIKATIRLARI. (2-amaliy) Reja 1.Davlat talablarining maqsadi. 2. Davlat talablari bosqichlari. 3.Davlat talablarining «Dunyoni badiiy tasavvur etish» kichik sohasi. 4.Davlat talablarining «Intellektual-bilish malakalari» kichik sohasi indikatori. 5.«Tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat» kichik sohasi haqida. Amaliy ta’limiy faoliyatning maqsadi: Davlat talablarining asosiy rivojlanish sohalaridagi kichik soha indikatorlari (ko’rsatkichlari) tahlili, shu asosda ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish,har bir aniq yoshdagi bolalarga beriladigan bilimlar mazmuniva rivojlanish xaritasini olib borish ko’nikma va malakalarini rivojlantirish. Talimning vositalari: tayanch matn, markerlar, ekspert topshiriqlar. Talimning metodlari: «Kichik guruhlarda ishlash» metodi , aqliy hujum, blits, so`rov. Kutilayotgan natija: bolalarni maktabga tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablarining soha, kichik soha va indikatirlari haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. Kichiq ma’ruza: Hozirgi zamon talabiga ko’ra maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga bilim berish bilan bir vaqtda ushbu bilimlar darajasini kuzatib nazorat qilib borish, ta’lim va tarbiya natijalarini nazorat qilish ham talab etiladi. Tarbiyachi o’z ish tajribasidagi ana shu baho berish malakalarini takomillashtirmog’i lozim. Bir tomondan, bola o’zini-o’zi nazorat qilishga o’rganishi kerak, ikkinchi tomondan, tarbiyachi ham o’z mehnat natijalarini (yutuq va kamchiliklarini) ko’ra olishi, buning uchun bolalarning rivojlanish saviyasini nazorat qila bilishi darkor. Lekin ayni shu masalada yosh tarbiyachilar katta qiyinchiliklarga uchraydilar. Tarbiyachilarni bolalar rivojlanishini kuzatish, tahlil qilish faoliyatiga ham o’rgatishni maqsad qilib qo’yish kerak. Bunda ulardagi kasbiy metodik bilim va amaliy pedagogik malakalarning yetishmasligi, bolalarning bilimlarini hisobga olishdagi kamchiliklarni bartaraf etishni ham ko’zda tutish lozim. Davlat talablari asosida bolalarning rivojlanishidagi muvaffaqiyatlar sifat va miqdoriy ko’rsatkichlarni qaydlab borish uchun har bir chorakda ularni baholab turish mezonlaridan kelib chiqishi kerak. Buning uchun esa tarbiyachi ma’lumotlarni to’plab borishi va tahlil etishi maqsadga muvofiqdir. Download 402.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling