3-mavzu: bolalarni maktabga tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablarining soha, kichik soha va indikatirlari


Download 402.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/22
Sana17.06.2023
Hajmi402.42 Kb.
#1532770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
3 MAVZU AMALIY

Ijtimoiy – hissiy rivojlanish.  
Kichik soha: «Men» kontseptsiyasi.  


Talab. Bola o’zini o’ziga xos xususiyatlari bilan, ijobiy shaxs sifatida qabul 
qiladi, mustaqil va o’z xatti-harakatiga javob beradi  
- o’zi haqida — «men» deb birinchi shaxs nomidan gapiradi;
- o’zi haqida so’zlaydi (ismi, familiyasi, yoshi, jinsi va boshqalarni 
biladi);
- o’z yaqin insonlariga murojaat qiladi va yordam so’raydi;
- o’ziga do’st tanlaydi va u bilan o’ynaydi;
- o’z oilasi va yaqinlariga qiziqish bildiradi;
- o’z ehtiyojlarini bildiradi;
- ortib borayotgan o’ziga ishonchni bildiradi.
Kichik soha: Hissiyotlar va ularni boshqarish  
Talab. Bola o’zining va o’zgalarning hissiyotlarini anglashga va o’zining 
hissiyotlarini moslashtirishga qodir  
- ertak, hikoya, multfilmlar qahramonlariga hamdardlik bildiradi;
- quvonch, qayg’u kabi hissiy holatni tushunadi;
- o’z kechinmalari va hissiyotlarini namoyon etadi («menga yoqadi», 
«men yoqtirmayman»);
- boshqa bolaning hissiyotlarini aniqlaydi va so’z bilan ifoda etadi;
- boshqalarga hamdardlik bildiradi;
- syujetli-rolli o’yinlarda ishtirok etadi;
- o’z oilasi haqida so’zlar ekan, nima yoqishi va yoqmasligi haqida 
gapiradi.
Kichik soha: Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot  
Talab. Bola tengdoshlari va kattalar bilan muloqot malakalarini 
rivojlantirishga qodir o’z oila a’zolarini biladi;
kattalar harakatiga taqlid qiladi;
- o’z harakatlari natijasiga erishishda qat’iylik bildiradi;
- kattalar va bolalar bilan birgalikda o’ynaydi;
- bolalar salbiy harakatiga o’z munosabatini bildiradi;
- jamoaviy o’yin faoliyatida qatnashadi; - tengdoshlariga yaxshilik 
istaydi.
NUTQ, MULOQOT, O’QISH VA YoZISH MALAKALARI  

Download 402.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling