- o’z tashqi ko’rinishini tartibga keltiradi;
- hojatxonadan so’ng o’z-o’ziga xizmat qiladi;
- yordam so’ray oladi;
- xavfli bo’lgan
predmetlar, joylar va moddalar nomini biladi (zinapoya,
boloxona, ochiq oyna, issiq suv, olov, dori, o’tkir asboblar, elektr);
- notanish insonlar bilan ketish mumkin emasligini tushuntiradi;
- qanday qilib gavdani to’g’ri tutish kerakligini tushuntirib bera oladi.
IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISH
Kichik soha: «Men» kontseptsiyasi.
Talab. Bola o’zini o’ziga xos xususiyatlari bilan, ijobiy shaxs sifatida qabul
qiladi, mustaqil va o’z xatti-harakatiga javob beradi:
- o’z xohish istaklari, qiziqishlarini bildiradi;
- o’yin davomida rollarni bajaradi;
- o’z hatti harakatlariga javob beradi («buni men qildim») ;
- kattalar iltimosini (topshiriqni) bajaradi;
- mashg’ulot davomida diqqatni jamlaydi;
-
yutuqqa motivatsiya bildiradi;
-
omadsizlik, mag’lubiyatda qayg’uradi;
- turli hissiyotlar va kayfiyatlarni namoyish etadi; - o’z o’yini uchun joy
hozirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: