Kichik soha: Yirik motorika
Talab. 3-4 yoshli bola o’z tana a’zolarini boshqaradi, maqsadli to’g’ri
harakatlanadi.
- turli usullar bilan yuradi (to’g’ri, erkin, ko’rsatilgan yo’nalishda);
- kolonna, doira bo’lib saflana oladi;
-
muvozanatni saqlab yuguradi;
- sport zinasida yuqori va pastga harakatlanadi;
- bir joyda ikki oyoqlab sakraydi; oldinga siljib sakraydi;
aylana yoyi tagidan emaklab o’tadi;
- badantarbiya
vaqtida mashqlarni takrorlaydi;
- uch oyoqli velosipedda
uchadi.
Kichik soha: Mayda motorika
Talab. Bola qo’li va barmoqlarini turli maqsadlarda ishlatadi
- xalqaga arqonni kirg’izadi;
- mayda predmetlarni ma’lum bir tartibda taxlaydi;
- mustaqil ravishda o’yinchoqlarni qutiga joylashtiradi va undan oladi;
- kattalar yordamida yirik hajmdagi munchoqlarni ipga o’tkazadi; -
buyumlarni bir idishdan ikkinchisiga joylashtiradi.
-
Kichik soha: Sensomotorika
Talab.
Bola sezgi organlari yordamida o’z harakatlarini
boshqarishga qodir
-
katta koptoklarni masofaga, ikki qo’l bilan, o’tirib, turib irg’itadi;
- belgilangan nishonga predmetni irg’itadi;
- boshqa bolaga koptokni irg’itadi yoki otadi;
- silliq va notekis teksturaning farqiga boradi;
- ta’mni aniqlaydi;
- qo’g’irchoqli aravachani itaradi.
Kichik soha: Sog’lom turmush tarzi va xavfsizlik.
Talab. Bola sog’liqni saqlash malakalarini namoyon qiladi. Bola xavfsiz
sog’lom taom va hayot xavfsizligi qoidalari haqida quyidagi tushunchaga ega:
- mustaqil qo’li, yuzini yuvadi, tishini tozalaydi, sochiqdan foydalanadi;
- taroq va dastro’mol yoki salfetkadan foydalanadi;
- ovqat vaqtida mustaqil qoshiq bilan foydalanadi, ovqatdan so’ng og’zini
chayadi;
-
xonada tartibni saqlaydi, o’zidan keyin o’yinchoqlarni yig’ishtiradi;
mustaqil hojatxonaga boradi;
xavfli bo’ladigan predmetlarni farqiga boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: