3-mavzu: bolalarni maktabga tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablarining soha, kichik soha va indikatirlari


Kichik soha: Hissiyotlar va ularni boshqarish


Download 402.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/22
Sana17.06.2023
Hajmi402.42 Kb.
#1532770
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
3 MAVZU AMALIY

Kichik soha: Hissiyotlar va ularni boshqarish.  
Talab. Bola o’zining va o’zgalarning hissiyotlarini anglashga va o’zining 
hissiyotlarini moslashtirishga qodir:  
- bolalar bilan o’yin davomida samimiy munosabat bildiradi; va o’z 
o’yinchoqlari bilan o’rtoqlashadi;
- kattalar bilan eslatmasiz salomlashadi va xayrlashadi;
- o’z harakatlariga baho beradi;
- kattalarga murojaat qiladi va o’z fikrini bayon qiladi; - sovg’a va 
bayramlarga quvonadi.
Kichik soha: Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.  
Talab. Bola tengdoshlari va kattalar bilan muloqot malakalarini 
rivojlantirishga qodir:  
- o’yin faoliyati davomida muloqotga kirishadi;
- o’yinda o’zaro harakatda bo’lib, ijtimoiy rolni qabul qiladi;
- guruh qoidalarini bajaradi (o’yinchoqlarni joyiga taxlaydi, kiyimlarini 
tartibga soladi va hokazo) ;
- o’z oila a’zolariga samimiy munosabat bildiradi va uyida ma’lum bir 
qoidalarga rioya qiladi;
- o’z do’stlari haqida so’zlab berishi mumkin;


- kattalar harakatlari va xulq modelini imitatsiya qilgan holda ularga 
taqlid qiladi;
- kattalar nazoratisiz topshiriqlarni bajara oladi.
NUTQ, MULOQOT, O’QISH VA YoZISH MALAKALARI  
Kichik soha: Nutq va til.  
Talab. Bola nutqni tinglaydi va anglaydi, so’zlashadi va muloqot qiladi:  
- boshlangan hikoyani davom ettira oladi;
- voqea-hodisalar to’g’risida muhokama davrida savollar beradi va o’z 
fikrini bayon etadi;
- berilgan savolni tushunadi va unga javob beradi;
- muloqotda fe’l va sifatlarni faol qo’llaydi;
- ot va fe’llarni qo’llagan xolda murakkab bo’lmagan gaplar tuzadi
(shifokor kasallarni davolaydi, sotuvchi sabzavotlarni sotadi);
- «ko’p», «bitta» ma’noda so’zlarni ishlatadi;
- turli ohangdagi so’zlarni imo-ishoralar yordamida nutqida ishlatadi
didaktik va so’z o’yinlari o’ynaydi.

Download 402.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling