Institut va norma tushunchalarining mohiyati


Download 64.19 Kb.
bet1/4
Sana15.10.2023
Hajmi64.19 Kb.
#1704538
  1   2   3   4
Bog'liq
Institut va norma tushunchalarining mohiyati

Institut va norma tushunchalarining mohiyati

Reja:

  • “Institut” va “norma” tushunchalarining mohiyati
  • Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi.
  • Institutsional matritsa.

Institutlar o`zi nima? Turli davrlar tadqiqotchilari institutlar mohiyatini va ularning faoliyat ko`rsatish mexanizmini yoritvchi bir necha ta’riflarni asoslashgan. Institutlarni T.Veblen quyidagicha ta’riflagan: “Institutlar – bu insonlar ularga amal qilgan holda turmush kechiradigan odatiy tafakkur tarzi” yoki “Institutlar – bu o`tmishda sodir bo`lgan jarayonlar natijasi bo`lib, ular o`tmish haroitlariga moslashgan va, o`z navbatida, hozirgi vaqt talablariga to`liq moslashmagan”.

Ye.Erdvard tomonidan “Institutlar – bu ko`plab individuumlar ulardan hamma joyda va har kuni foydalanadigan va asosan o`zining noyobligi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy ne’matlar. Institutlar almashuv jarayonini soddalashtiradi. Ular – qarorlar qabul qilish jarayonining yakka tartibdagi qarorlarni ijobiy qarorlarga aylantiruvchi ajralmas qismi”, deya ta’riflangan.

J.Xodjsonning ta’riflashicha “Institutlar – an’ana, urf-odat yoki qonunchilik cheklovi orqali uzoq muddatli va barqaror hulq-atvor namunalarining yaratilishiga olib keluvchi ijtimoiy tashkilot”. Institutlarni ko`z bilan ko`rib, ularni jismonan his etib yoki o`lchab bo`lmaydi. Bu inson ongi bilan yaratilgan o`ziga xos konstruksiyalar, ko`zga ko`rinmaydigan mexanizmlardir. Institutlar insonlarning muayyan jamoasiga xos bo`lgan tafakkur tarzini aks ettiradi.

Institutlarning yana boshqa bir ta’rifi B.Z.Milner tomonidan D.Nort yozgan so`zboshishida keltirilgan: “institutlar – bu insonlar tomonidan ishlab chiqilgan cheklovlar hamda ularning o`zaro hamkorligini tarkiblashtiruvchi majburlash omillari. Bularning barchasi birgalikda jamiyat va iqtisodiyotning undovchi tarkibini hosil qiladi”.

Norma – institutsional muhitda individlarning o`z tanlovini amalga oshirishda foydalaniladigan asosiy unsur hisoblanadi. Ushbu unsur: tartibni saqlash funksiyasiga ega; o`zaro hamkorliklar tizimida majburiy xatti-harakat bajarilishini talab etadi; shaxslar xatti-harakatidagi ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik sanksiyaga tayanuvchi muntazamlik hamda muqarrarlikni aks ettiradi; shaxsning turli vaziyatlarda o`zini qanday tutishi lozimligini belgilaydi. Norma amal qilishi uchun talab etiladigan tarkib beshta unsurdan iborat:

  • individlarning guruhlanish belgilari;
  • muqarrarlik omili (kerak yoki kerak emas);
  • maqsad;
  • norma harakatda bo`lgan shart-sharoitlar;
  • sanksiyalar.

Download 64.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling