Institut va norma tushunchalarining mohiyati
Institutsionalizmning asoschilaridan biri D.Nort institutlar tarkibida ularni uchta asosiy qismga ajratadi
Download 64.19 Kb.
|
Institut va norma tushunchalarining mohiyati
Institutsionalizmning asoschilaridan biri D.Nort institutlar tarkibida ularni uchta asosiy qismga ajratadi:- rasmiy qoidalar (konstitutsiyalar, qonunlar, sud qarorlari, ma’muriy hujjatlar.)- norasmiy normalar (an’analar, urf-odatlar, ijtimoiy shartlilik);- qoidalarga amal qilinishini ta’minlovchi (sudlar, politsiya va h.k.) majburlash mexanizmlari (masalan, jazolash tizimi).“Institut”ning yuqorida keltirilgan ta’rifidan kelib chiqib, institutlar inson tomonidan ongli ravishda yaratilgan turli hujjatlar (konstitutsiyalar, qonunlar va h.k.) ko`rinishidagi rasmiy, “yozilgan” qoidalarda ifodalanishi mumkin.F.Xayekning ta’kidlashicha, norasmiy normalar “qandaydir o`tmishdagi voqealar bilan belgilanadi, lekin qandaydir tuzilma yoki model (institutsional matritsa)ning ongsiz tarzda o`zini o`zi tashkil etishi jarayonining tarkibiy qismi sifatida shakllanadi” Boshqacha aytganda, norasmiy institutlar – bu shartlilik, o`zini o`zi qo`llab-quvvatlovchi, uchinchi tomon (davlat)ning aralashuvisiz, o`z o`zidan bajariladigan qoidalardir. Ta’kidlash lozimki, “evolyutsiya” atamasidan foydalanilsa-da, tabiiy tanlash nazariyasi izchil institutsional o`zgarishlarga nisbatan hamma vaqt ham qo`llanilmaydi. Chunki eng “yaxshi” institut hamma vaqt ham yashovchan bo`lmaydi. Ikkinchi tomondan, institutlarning bir holatdan ikkinchi holatga doimiy ravishda o`tishi hamma vaqt ham tashqi omillar ta’siri ostida kechmaydi. Ba’zi bir institutlar normativ tarzda mustahkamlanib norasmiy turdan rasmiy institutlarga aylanadi, boshqalari esa, rasmiy institutlar sifatidagi avvalgi ahamiyatini yo`qotib va huquqiy tizimdan chiqarilgan holda norasmiy ko`rinishga ega bo`lishi mumkinQoidalarga zarurat hamma vaqt, bittadan ko`p sub’ekt mavjud bo`lib, ular o`rtasida qandaydir munosabatlar yuzaga kelgan taqdirda, tug`iladi. Bunda sub’ektlarning turli guruhlaridagi qoidalar bir xil bo`lishi ham, bir-biridan yaqqol farq qilishi ham mumkin. Alohida oila yoki alohida jamoa doirasidagi munosabatlar ana shunday qoidalarga eng oddiy misol bo`lib xizmat qiladi. Oila doirasidagi munosabatlar norasmiyligicha qoladi, jamoaning qarindoshlar bo`lmagan a’zolari o`rtasidagi munosabatlar esa, aksariyat hollarda shartnoma yoki boshqa hujjat ko`rinishida (fuqarolik kodeksida davlat doirasida) rasmiy tarzda mustahkamlandi.Download 64.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling