Institut va norma tushunchalarining mohiyati


Download 64.19 Kb.
bet3/4
Sana15.10.2023
Hajmi64.19 Kb.
#1704538
1   2   3   4
Bog'liq
Institut va norma tushunchalarining mohiyati

2. Norasmiy normalar jamiyatda rasmiy qoidalarga qaraganda ancha oldin paydo bo`lib, ko`p jihatdan rasmiy, qonunchilik bilan mustahkamlangan normalar uchun asos bo`lib xizmat qildi. Norasmiy normalarning rasmiy qoidalar sifatida mustahkamlanishiga istalgan mamlakatning tarixida ko`plab misollarni uchratish mumkin.

Institutsional matritsa sotsiologiya fani doirasida ishlab chiqilgan bo`lib, unda sotsiologik tushunchalardan foydalaniladi. Ammo ushbu konsepsiya jamiyatning barcha sohalarida, shu jumladan iqtisodiyotda hamda huquqiy jarayonlarni tahlil qilishda qo`llanilishi mumkin. huni hisobga olib, institutsional matritsaning nisbatan yangi konsepsiyasini ko`rib chiqamiz. Institutsional matritsaning nazariy g`oyasi jamiyatni tahlil qilishga nisbatan tarkibiy-tizimli yondashuvni amalga oshiradi.

Institutsional matritsa – bu tarixan barqaror shakllangan, dastlabki davlatlarning paydo bo`lishini va barcha keyingi institutsional tuzilmalarning rivojlanishini belgilab bergan, o`z navbatida, mohiyati hamon saqlanib qolgan birlamchi modelni takror yaratishga xizmat qiluvchi bazaviy ijtimoiy institutlar tizimi.

Jamiyatnig institutsional matritsasi

  • Siyosiy soha.
  • Ijtimoiy soha
  • Iqtisodiy soha

INSTITUTLAR

Institutlar jamiyatning uning tarixiy barqarorligini va ijtimoiy yaxlitlikning takror shakllanishini ta’minlovchi o`ziga xos tuzilishini (qobirg`asini) hosil qiladi. Institutsional matritsa chizma ko`rinishida jamiyatda teng ahamiyatli mavqeni egallab turgan yagona uchta: siyosiy, iqtisodiy va huquqiy sohalarni birlashtiruvchi ijtimoiy shakl sifatida namoyon etilgan. Asosiy matritsalar S.Kirdinaning “Institutsional matritsalar va Rossiyaning rivojlanishi” kitobidan olingan. Biroq ularga ayrim o`zgartirishlar kiritilgan, xususan siyosiy va mafkuraviy sohalar birlashtirilgan, chunki jamiyatda mafkura ko`p jihatdan boshqaruvchi siyosatchilarga bog`liq bo`lib, ular faoliyatining natijalaridan biri hisoblanadi. Matritsada ijtimoiy soha alohida ajratilgan va institutsional tizimni shakllantirishda u katta rol o`ynaydi.


Download 64.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling