4-5 yoshli bolalar rivojlanishiga qo’yilayotgan talablar. Jismoniy
rivojlanish va sog’lom turmush tarzini shakllanishi Kichik soha: Yirik
motorika.
Talab. 4-5 yoshli bola o’z tana a’zolarini boshqaradi, maqsadli to’g’ri
harakatlanadi:
-
oyoq uchida, tovonida, oyoq kaftlarining yon tomoni bilan va tizzalarini
yuqori ko’tarib yuradi;
- arqon ustida muvozanat saqlab yuradi;
- tizzalarini yuqori ko’tarib yuguradi;
- past to’siqlar ustidan sakrab o’tadi;
- arqonda sakrashga harakat qiladi;
- gimnastika skameykasi ustida qo’li bilan tortilib qornida suriladi;
- gimnastika narvonida harakatlanadi; - samokatda uchadi.
Kichik soha: Mayda motorika.
Talab. Bola qo’li va barmoqlarini turli maqsadlarda ishlatadi:
- mustaqil tugmachalarini qadaydi va yechadi,
kiyimi va poyabzali
ilgaklarini o’zi taqadi;
- namuna asosida ipga mayda, o’rta, va yirik munchoqlarni teradi;
-
qulflarni ochadi va yopadi, kalitdan foydalanadi;
- mayda buyumlarni buraydi va bir biriga ulaydi (konstruktor qismlari);
- konstruktorning katta va kichik qismlaridan har xil predmetlar
yasaydi;
- namuna asosida to’g’ri chiziq va aylana chizadi;
- ko’rsatilgan chiziq bo’yicha qog’oz,
mato va salfetkani buklaydi; -
ko’rsatilgan chiziq bo’ylab qog’ozni qaychi bilan qirqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: