О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Kang, Davan va Kushon davlatlarida jismoniy tarbiY


Download 0.82 Mb.
bet47/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

Kang, Davan va Kushon davlatlarida jismoniy tarbiY.
Vatanimiz tarixining miloddan av. III-I asrlari va milodimizning IV asrlarigacha bo‘lgan hujjatli ma’lumotlarga asosan Xitoy manbalariga aloqadordir. Chunki, «Avesto» va Xind xalqining «Maxobxorat» va boshqa ba’zi bir asarlarni hisobga olmaganda bu davrga oid boshqa tarixiy manbalar yo‘qdir. Jumladan, Xitoy tarixchisi Sima Szyan miloddan avvalgi II asrning so‘ngi choragida Markaziy Osiyoda bo‘lgan bir Xitoy va sayyohining so‘zlariga asoslanib, bu yerda aholisi (yuechjiga) o‘xshash Kangyuy nomli katta ko‘chmanchilar davlati bo‘lganligini xabar qildi. «Avesto» va «Maxobxorat» da ham sak (shak) toharlar va kangarlar yashagan Kang davlati haqida eslatib o‘tiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra Kangyuy yoki Kang S.P.Tolstovning fikricha, qadimgi xorazmdir. Miloddan av. II-I asrlardan ushbu davlat hududi O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning hozirgi hududiga deyarli to‘g‘ri keladi (Farg‘ona va Surxondaryodan tashqari).
Miloddan av. 170 yillar atrofida Kangaga Yunon-baqriya davlati parchalanishi tufayli Sug‘diyona, keyin Choch qo‘shildi. Birlashgan davlat Xitoy manbalaridan Kangyuy deb ataldi, U 7 asr yashagan.
«Kangli» so‘zining kelib chiqishi haqida xalq rivoyatlari bor. Jumladan, Rashididdin (XIII asrning ikkinchi yarmi) «kangli» so‘zining kelib chiqishini afsonaviy shaxs bo‘lgan O‘g‘uzxon bilan bog‘laydi. Rivoyatlarga ko‘ra, O‘g‘uzxon o‘z urug‘-aymoqlari bilan urushib yurgan kezlarida qo‘lga kirgizgan boyliklarni tashish uchun arava yasatdi. Arava Turkiy tilda «Kangil» deyilgan ekan. Shuning uchun ham O‘g‘uzxon va unga qarashli kishilar Kangli nomi bilan ataganlar.
Kangyuliklar o‘q-yoy nayza va uzun qilich bilan qurollanishgan. Jangda og‘ir sovut kiygan va zirklangan otga mingan chavandozlar zich saf bo‘lib borishgan.
1984 yili Xo‘jandlik A.Aminov tomonidan Sirdaryodan topilgan qadimgi dubulga yuqorida aytib o‘tganlarimizga misol bo‘ladi. Dubulg‘aning zirxi qo‘sh-qavat bo‘lib, turli metall qotishmalaridan ishlangan. Mutaxassislar uni yasash uchun maxalliy xom ashyo, jumladan, koramozor rudasi asosiy maxsulot bo‘lib xizmat qilgan, deb taxmin qiladilar.
Ko‘xna tarix xunlar deb atalishi bir toifa xalq (miloddan 3 asr avval) misli ko‘rilmagan darajada kuchayganidan shoxidlik beradi. Ular miloddan burungi 209 yildan milodning 216 yiligacha 500 yil hukm surgan qudratli Xun imperiyasini vujudga keltirdi. Ana shu ulug‘ Xun tangri kutligini harbiy salohiyatda o‘z zamonasida tengi yo‘q sarkarda, siyosiy diplomatiya va davlat tuzumini mukamallashtirishda misilsiz istedod egasi bo‘lgan jangovor va oliyjanob bir inson, izzat-hurmatda tangrining mag‘rur o‘g‘li deb atalmish bir zot tug‘ildi, u Botur tangri kut yoki O‘g‘izxon edi.
O‘g‘izxon otlik qo‘shinini shunday tayyorlaydi.
«... Uni xun otlik qo‘shinlarini tashkil etib mashq qildirib janga tayyorlashga qo‘ydi. Bunday yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgan Botur darhol ovozli o‘q-yoy kashf qiladi.
Qadimgi Farg‘onaning tarixi haqida Xitoy manbalarida Davan davlati bo‘lganligi tilga olinadi. Bu davlatning miloddan avvalgi II-I asrlarda kudratli davlat uyushmasi bo‘lgan. Antik tarixchilarning ma’lumotlariga asoslanadigan bo‘lsak qadimgi Farg‘ona davlati-Davan davlati miloddan av. II asrda emas, balki ancha ilgariroq, taxminan IV-III asrlarda paydo bo‘lgan. U paytda u Parkana davlati deb atalgan.
Chjan Szyanning Davan davlatining harbiy qudrati haqidagi ma’lumotlarga qaraganda, bu davlat 60 ming qo‘shinga ega bo‘lgan. Piyoda askarlar oddiy qurollar bilan qurollangan, otlik qo‘shinlarining harbiy mahoratda tengi bo‘lmagan. Davan suvoriylarning chopar ot ustida turib orqaga qayrilib kamondan uzgan o‘qlari har qanday dushmanni ham dog‘da qoldirgan. Vodiyning xatto ayollari ham kamondan o‘q uzish va mohirlikda erkaklardan qolishmagan.
Xitoy tarixchilarning guvohlik berishicha, xitoy hukmdorlari bir necha bor bu davlatni bosib olmoqchi bo‘ladilar, biroq ularning harakatlari bexuda ketadi. Ularning ko‘proq Farg‘onaning nasllik otlari qiziqtiradi. Otlar naslining biriga xatto ular «Samoviy» deb nom berganlar. Samoviy otlar barkamol va go‘zal ko‘rinishga ega bo‘lgan.
Qadim Farg‘onada «samoviy» otlar zotidan tarqalgan nasldor otlar parvarish qilingan. Rivoyatlarga ko‘ra, Dovon atrofida tog‘larda yovvoyi otlar yashagan. Ularni tutish va qo‘lga o‘rgatishning iloji bo‘lmagan. Shuning uchun zotdor biyalarni tanlab, o‘sha tog‘larga xaydab yuborganlar. Biyalar va yovvoyi ayg‘irlardan-«samoviy» otlar tarqalgan. Tyan-Shan xitoy tilida «samoviy tog‘lar» deb tarjima qilingan. Bu nom otlarga ham o‘tgan.
Abulqosim Firdavsiy shatranj va nard o‘yinining paydo bo‘lishi haqida to‘xtalib o‘tadi. «Shoxnoma»da hikoya qilinishicha, Xind rojasining elchisi nomani olib eron podshoxi Nushinravonga beradi va deydi: «qancha sarf etib davlat, ranj, bir hunar yaratdik, nomidir shatranj. Kimki bilimdan lof ursa yoki ochsa, amir qiling shatranjda o‘zin ko‘rsatsin. Uning taxtasida san’at muxayyo bo‘lib, har bir muxrasining bir ma’nosi bor. Avvalo har bir donasin bilmoq kerak yurish yo‘lin va tutgan xonasin piyoda qaysi-yu qaysi fil, sipox, qanday yurar farzin, asbu, ruxu shox? Bu ajib o‘yinni agar bilishsa, bilishib, bir-birini mot ham qilishsa».



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling