О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 0.82 Mb.
bet50/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

MATEMATIK METODLAR
Matematik metodlar – eksperiment natijasida olingan ma’lumotlar matematik jihatdan qayta ishlanadi. Matematik qayta ishlash ma’lumotlari jadvallar, diagrammalar va grafik holida keltirilishi mumkin.


3-ma’ruza: Jismoniy tarbiya tizimida ta’lim-tarbiya berish tamoyillari.Ta’lim metodlari va usullari
Reja:
1.Jismoniy tarbiya tamoyillari.
2.Bolalarga jismoniy ta’lim va tarbiya berish jarayonida quyidagi didaktik-ta’limiy tamoyillari
3.Ta’lim metodlari va usullari


1.Jismoniy tarbiya tamoyillari.
Jismoniy tarbiya tamoyillarishaxsni har tomonlama komil inson qilib rivojlantirishga bolalarda jismoniy qobiliyatni, harakat malakalari va ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan, bola shaxsini tarbiyalashni birgalikda va har tomonlama tarbiyalashni amalga oshirishga mujassam holda yondashishni ko‘zda tutadi. Jismoniy tarbiya tizimidagi bunday yondashuv bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari, yosh rivojlanish bosqichlarining xususiyatlari, hayotning u yoki bu davrida asosiy faoliyat sifatida tanlanadigan jismoniy tarbiya faoliyati turlari xususiyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi.
Jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillariga quyidagilar kiradi:
Jismoniy tarbiya va sportning hayot bilan bog‘liqlik tamoyili.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi muassasa bolalarini tegishli dastur asosida jismoniy va sport mashqlariga, o‘yinlarga o‘rgatib, ulardagi bu qiziqish qo‘llab-quvvatlab turiladi. Ta’limning maqsadi bolalarda maktabga o‘tish va kelajakda jismoniy tarbiyadan meyoriy ko‘rsatkichlar majmuasi talablarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun jismoniy tayyorgarlik hosil qilishdan iboratdir, shu asosda, bolalarda O‘zbekistonning mashhur sportchilari, ularning vatanparvarligi, ishchanligi, jasurligi, bardoshliligi, mahorati, do‘st-birodarligi va o‘zaro yordam kabi hislatlariga hurmat hissi tarbiyalanadi.
Sog‘lomlashtirishga yo‘nalgan tamoyilining mohiyati bolalar sog‘ligini mustahkamlash vazifalarini bajarishda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun jismoniy mashqlarni tanlashda bola organizmini har tomonlama sog‘lomlashtirishga intilish, uning jismoniy sifatlarini hissiy-ijobiy holat, hayotdagi xushchaqchaq kayfiyat bilan yaxlitlikda rivojlantirish ham ko‘zda tutiladi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirishda salomatlikni mustahkamlash qonuniyatlari hisobga olingan jismoniy yuklama, albatta, idora qilinadi. Bu ish tarbiyachi, vrach va mudiraning muntazam vrach-pedagoglik nazorati ostida amalga oshiriladi.



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling