О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 0.82 Mb.
bet88/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

Saflanish va qayta saflanish. Mustaqil, tez va uyushqoqlik bilan bittadan, ikkitadan saflanish. Zvenoda bir qator turganda tekislanish. Bitta zvenodan yurib turib bir necha zvenoga, bitta aylanadan bir necha aylanaga bо‘linish va qayta saflanish. “Bir-ikki” deb sanash, bir qator va ikki qatordan bо‘lib qayta saflanish. Harakat vaqtida maydon burchaklarida burilishlar qilish. Yurib kelib hammaning baravariga tо‘xtashini mashq qilish.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar bu maxsus mashqlardir. Ular butun organizmning rivojlanishi va sog‘lomlashishida muxim rol о‘ynaydi va yelka kamari, gavda, oyoq kabi yirik muskul gruxlarining rivojlanishi va mustaxkamlanishiga, bо‘g‘imlarning xarakatchan bо‘lishiga muskullar taranglashuvi va bо‘shashuvi jarayonini normallashtirishga yordam beradi.
Bu mashqlarning vazifasi tо‘g‘ri qad-qomatni shakllantirish, butun tayanch xarakat apparatini mustaxkamlash va qon aylanish, nafas olish, almashinish jarayonlari, nerv tizimi faoliyatini yaxshilashdan iboratdir. Umumrivojlantiruvchi mashqlar xarakatlarni idora qiluvchi oliy harakat markazlari ishini faollashtiradi; tezkorlik, chaqqonlik, kuchlar nisbati, chidamlilik, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni namoyon qilishga yordam beradi, ijobiy-emotsional kayfiyat uyg‘otadi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar bir necha gruhga bо‘linadi:
1.Yelka kamari va qо‘l mushaklarini rivojlantirish va mustaqkamlash uchun mashqlar.
2. Gavda, orqa mushaklarini rivojlantirish va mustaqkamlash uchun mashqlar.
3. Oyoq va qorin mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun mashqlar.
Birinchi gruhdagi yelka kamari va qо‘l mushaklari uchun mashqlar kо‘krak qafasining nafas olishini oshirishga yordam beradi; diafragmani mustahkamlaydi, chuqur nafas olishga imkon beradi, umurtqani rostlaydi, yurak mushaklarini mustahkamlashga yordam beradi.
Ikkinchi gruh mashqlari gavda, orqa mushaklari uchun. Bu mashqlar tо‘g‘ri qad-qomatning shakllanishiga ta’sir qiladi va gavdani oldinga va yon tomonlarga engashtirishda, о‘ng, chapga burilishda, aylanishda umurtqaning egiluvchanligini rivojlantirishga yordam beradi.
Uchinchi guruh mashqlari oyoq va qorin mushaklari uchun. Ular ichki organlarni tez harakatlar (sakrashlar, sakrab tushishlar…) paytida chayqalishdan qorin muskullarini mustahkamlashga yordam beradi, shuningdek, vena qon tomirlarida qon yurishmay qolishining oldini oladi (tizzaga chapatilash, yarim chо‘qqayish, chо‘qqayish…).
Umumrivojlantiruvchi mashqlar bola organizmiga har tomonlama mustahkamlovchi ta’sir etadi.
Dastlabki holat
Mashqdagi har bir harakat dastlabki holatdan gavdaning tо‘g‘ri holati (tik turgan), о‘tirgan, yotgan holatlardan hamda oyoq va qо‘llarning muayyan mashq uchun zarur holatidan boshlanadi. Dastlabki holatlar turlicha bо‘ladi:
  • Tik turgan holatda oyoqlar uchun dastlabki holat;


  • Tik turganda qо‘llarning dastlabki holatlari;


  • О‘tirgandagi dastlabki holatlar;


  • Yotgandagi dastlabki holatlar.


Jismoniy mashqlar kо‘krak qafasi harakatchanligining kuchayishiga, nafas olishning chuqurlashishiga, о‘pka hayot kо‘lamining kengayishiga, qonning kislorod bilan tо‘yinishiga yordam beradi. Shuning uchun bolaning tо‘g‘ri nafas olishi barcha mashqlarni bajarishida muhim rol о‘ynaydi.



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling