О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Maktabga tayyorlov guruhi (6-7)dagi bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar


Download 0.82 Mb.
bet87/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

Maktabga tayyorlov guruhi (6-7)dagi bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar.
Qо‘llar va yelka Kamari uchun mashqlar. Qо‘llarni yuqoriga oldinga, yon tomonlarga kо‘tarish, tovonlarni juftlab oyoq uchlarini ochib, tik tutgan holda oyoq uchida kо‘tarilish, bir oyoqni uchini orqada qoldirib, devorga tiralish. Qо‘llarni kо‘krak oldida tutgan yoki yelkalarga qо‘ygan holatdan ularni yon tomonlarga chо‘zish. Yelkalarni kо‘tarish va pastga tushurish. Tirsakda bukilgan qо‘llarni oldinga va yon tomonlarga shaxdam yozib (barmoqlar musht qilib bukilgan), tirsaklarni orqaga bukish (2-3 marta) va qо‘llarni kо‘krak oldidagi tomondan yon tomonlarga chо‘zish. Qо‘llar tirsakdan bukilgan holda aylana holatdan yon tomonlarga chо‘zish. Qо‘llar tirsakda bukilgan holda aylana harakatlar qilish, qо‘l panjalari oldinda va yonda. Panjalarni aylantirish, barmoqlarning uchlarini navbatma – navbat bosh barmoq bilan bukish.
Oyoqlar uchun mashqlar. Oyoqni oldinga uzatib chalishtirish. Qо‘llarni bosh orqasiga, yelkalarga qо‘yib turib о‘tirish. Turgan holatda har qaysi oyoqni ayrim- ayrim holda navbat bilan bukish, bir oyoqni ayrim-ayrim holda navbat bilan bukish, bir oyoqni ketma –ket 2-3 marta bukib kо‘tarish. Oyoqlar keng yozilgan holda yurish, oyoqni oldinga siltab kо‘tarib, tо‘g‘irlangan oyoq uchini oldinga chо‘zilgan qо‘llarning kaftiga tekkizish. Narvon pog‘onasini, stul suyanchig‘ini bir qо‘l bilan ushlab turib, oyoqni erkin ravishda oldinga va orqaga silkitish.
Gavdani rivojlantirish uchun mashqlar. Boshni pastga egish, yuqori kо‘tarish, yon tomonlarga burish. Qо‘llarni yuqoriga kо‘tarib, yon tomonlarga yoyib, belga tirab, bosh orqasiga qо‘yib yon tomonlarga burilish. Qо‘llarni yuqoriga kо‘tarib, atrofga yozib, oldinga va orqaga egilish, о‘tirib ikki oyoqni kо‘tarish, oyoq uchlarini chо‘zish, oyoqlarni xuddi shu holatda о‘tirib turish. О‘rindiqning orqasiga tayanib, о‘tirgan holda uning ustidan kо‘tarilgan oyoqni oshirib о‘tkazish. Chalqancha yotgan holatdan oyoqlarni zichlab ogirilish va yana yotish. Orqa bilan yotib, ikki oyog‘ini baravar kо‘tarish. Bir oyoqda о‘tirib turishni sinab kо‘rish. Orqa bilan yotgan holatda gimnastika о‘rindig‘ida tortilish va о‘z gavdasini kо‘tarish. Kо‘krak baravaridagi devorga suyanib( gimnastika narvonchasining pog‘onasini ushlab) qо‘llarni bukish va ochish. Gimnastika narvonchasiga orqa bilan suyanib turish va qо‘lni boshdan oshirib, uning pog‘onasini mumkin qadar yuqorirog‘idan ushlash; tizza kо‘zidan bukilgan oyoqlarni poldan navbatma-navbat kо‘tarish.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling