O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Asosiy fondlar qiymatini qayta baholash -


Download 1.77 Mb.
bet136/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

Asosiy fondlar qiymatini qayta baholash - Asosiy fondlar qiymati ma’lum bir davrlarda qayta baholanib boriladi..O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomonidan 1 yanvar holati bo’yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizomning (MISV, MV va DSQ ning AV tomonidan 4.12.2002 yilda 1192-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan qarori bilan tasdiqlangan) 7-bandini ijro etish maqsadida 2015 yil 1 yanvar holati bo’yicha asosiy fondlar qiymatini qayta baholash indekslari ishlab chiqilgan.
Asosiy qishloq xo’jaligi ekinlari — ma’muriy mintaqada kichik maydonlarni egallagan qishloq xo’jaligi ekinlari (paxta, bug’doy, sholi, savzavotlar, poliz mahsulotlari, kartoshka, ko’p yillik mevali daraxtlar, yem-xashakbop ildizmevali o’simliklar, bir yillik o’tlar, beda, makkajo’xori, tamaki);
Bandlik - bandlik iqtisodiy kategoriya sifatida mehnatga yaroqli aholining ijtimoiy mahsulotni yaratish bo’yicha qiladigan faoliyatini ifodalaydi. Bandlikning to’liqligi aholigining iktisodiy faolligiga munosabati bo’yicha hisobga olinadi. Bunga mahsulot, tovar ishlab chiqarishda va xizmatlarni amalga oshirishda qatnashuvchi shaxslar tegishlidir. Iqtisodiy faol kishining mehnat statusi miqdor jihatdan ma’lum bir vaqt davomida ishlangan kunlar soni bo’yicha hisoblanadi.
Baho – tovar qiymatining puldagi ifodasi bo’lib, uning dinamikasi, nisbati va o’zgarishlari asosida qiymat qonuni yotadi. Qiymat qonuni bahoning tovar qiymati atrofidagi harakati qonuniyatini aniqlaydi. Raqobat sharoitida, talab va taklif asosida baho va qiymat o’zgarib turadi. Goho baho qiymatdan yuqori bo’ladi va aksincha. Ikkovining teng kelishi esa muvozanat bahosini yuzaga keltiradi.
Bevosita xarajatlar - ma’lum bir ekin yoki chorva turlariga xizmat qiluvchi, dehqkonchilik va chorvachilik xodimlarining mehnat xarajatlari. Mahsulot ishlab chiqarishda qatnashish darajasi nuqtai nazaridan bevosita mehnat xarajatlari qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida harakat qiladigan ijtimoiy mehnatning tarkibidagi faol va katta hajmni tashkil qiladigan mehnat massasini ifodalaydi;

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling