1.1. To‘la qiymatli oqsillar
Oqsillar oldingi bo‘limda aytib o‘tilganidek polimer moddalar bo‘lib, ular
aminokislotalardan tashkil topgan. Mavjud aminokislotalardan 20 tasi tirik
organizmlarda uchraydi. Bu 20 ta aminokislota bir-biri bilan turli-tuman
variantlarda birikishi mumkin. Oqsilning aminokislota tarkibi uning muhim
tavsifidir.
Oqsillarning tarkibi aminokislotalardan iborat ekan, demak, ularning
xossalari, tuzilishi va boshqa biokimyoviy va kimyoviy xususiyatlari
aminokislotalarga bog‘liq bo‘lishi tabiiy. Oqsillarning organizm uchun ahamiyati
o’rganilganda ham oqsillar ana shu aminokislota tarkibiga qarab o’ziga xos
klassifikatsiyaga solinadi.
Ma'lumki, bir qator aminokislotalar odam organizmida ham, yuksak
hayvonlar organizmida ham sintezlanmaydi. Lekin bu aminokislotalar doimiy
ravishda organizmga kirib turishi zarur.
Bunday aminokislotalar 8 ta: lizin, leytsin,
izoleytsin, fenilalanin, metionin, valin, treonin va triptofandir. Keyinchalik bu
aminokislotalarga gistidin va arginin ham kiritilgan. Bular almashtirib
bo‘lmaydigan aminokislotalar deyiladi.
20
Bu aminokislotalar organizm uchun o‘ta muhim sanaladi. Bunday tipdagi
aminokislotalarni biz doimiy ravishda yeydigan ovqat mahsulotlari yordamida olib
turishimiz lozim. Ovqat tarkibida almashtirib bo‘lmaydigan va shu bilan bir
qatorda almashtirib bo‘ladigan aminokislotalarning ko‘p miqdorda sarflanib
ketishini oldini oladi. Quyidagi jadvalda ana shu aminokislotalar haqida ma'lumot
berib o‘tamiz.
1 – jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |