59
Ko‘rsakichlar
me'yor
Qiz bolalar
O‘g‘il bolalar
natija
%
*
natija
%
*
Umumiy energiya, kkal
2000
1858
92
1876
94
Umumiy oqsil, g
70
59,5
85
63,4
91
Hayvon oqsili, g
44
35,4
80
37,8
86
O‘simlik oqsili, g
26
24,1
93
25,6
98
* -
Me'yorga nisbatan foiz hisobida
Ovqatning oqsillar tarkibini, ya’ni to‘la qiymatli va to‘la qiymatli bo‘lmagan
oqsillar miqdorini aniqlash maqsadida, iste’mol taomidagi hayvon va o‘simlik
oqsillarining miqdori hisoblab topildi. Bunda qabul qilingan kunlik ovqatdagi
hayvon oqsillarining miqdori qiz bolalarda 35,4 g (me'yordan 20 % kam), o‘g‘il
bolalarda 37,8 g ni (me'yordan 14 % kam) tashkil qiladi. Bolalar ratsionidagi
o‘simlik oqsillarining miqdori me'yorga yaqin, yoki undan bir oz past bo‘lsada (3-
jadval), ularning umuimiy oqsillardagi ulushi me'yoriy ko‘rsatkichlardan yuqori,
o‘simlik oqsili umumiy oqsilning 40 % va undan yuqori miqdorda ekanligi
aniqlandi.
Shunday qilib, 5-6 yoshdagi bog‘cha tarbiyalanuvchilarida aniq ovqatlanishni
o‘rganish bo‘yicha olib borgan tekshirishlarimiz ular organizmining oqsillarga
bo‘lgan talabi to‘la qondirilmaganligi va ayniqsa organizm uchun katta ahamiyatga
ega bo‘lgan hayvon oqsillari ovqat tarkibida yetishmaganligini ko‘rsatdi.
Olingan natijalarga ko‘ra, bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilari ovqatining
tarkibida oqsillar va ayniqsa hayvon oqsillari miqdorini 20 % oshirish lozim.
Bunga ularning kunlik ratsioni tarkibida tegidhli darajada go‘sht, tuxum, sut
maxsulotlari miqdorini oshirilishi bilan erishish mumkin.