O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi davlat universiteti
Maktab o‘quvchilari ovqatlanishi
Download 215.54 Kb.
|
Qo’lyozma huquqida-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-jadval Maktab o‘quvchilari kunlik ratsionining energetik qiymati va uning tarkibidagi oqsillar miqdori.
3.3.2. Maktab o‘quvchilari ovqatlanishi.
Tekshiruvlarda ishtirok etgan maktab o‘quvchilarinig (11-13 yoshli) kunlik ratsioni tarkibidagi mavjud makronutrientlar miqdori beradigan energiyani aniqlashdan quyidagi natijalar olindi. Maktab o‘quvchilari kunlik taomidagi umumiy energiya miqdori o‘rta hisobda qiz bolalarda 2667, o‘g‘il bolalarda 2852 kkal ni tashkil qiladi. Me'yoriy talablardan bu ko‘rsatkichlar qizlarda 7 %, o‘g‘il bolalarda 4% ko‘p.
Ko‘rsakichlar Qiz bolalar O‘g‘il bolalar me’yor natija
%* me’yor
natija %*
Umumiy energiya, kkal 2500
2667 107 2750
2850 104
Umumiy oqsil, g 82
70 85
90 79
88 Hayvon oqsili, g 49 44
90 54
48 88
O‘simlik oqsili, g 33
26 79
36 31
86
* -
Me'yorga nisbatan foiz hisobida
Bolarning kunlik iste’mol qilgan taomlarining tarkibidagi oqsillar miqdorini aniqlashdan olingan natijalarga qaraganda, ularning ratsionida ma'lum darajada oqsil taqchilligi mavjud. O’rtacha bir kunlik ratsiondagi umumiy oqsilning miqdori qiz bolalarda 70 g, o‘g‘il bolalarda 79 g ni tashkil qiladi, bu tegishli ravishda me'yordan 15 % va 12 % kam (4-jadval). Shunigdek bu guruh bolalari ovqatlanishida iste’mol taomlari tarkibidagi mavjud umumiy oqsillarning hayvon oqsillariga to‘g‘ri keladigan qismi qiz bolalarda 44 g, o‘g‘il bolalarda 48 g ni tashkil qiladi, ya'ni me'yoriy ko‘rsatkichlardan tegishlicha 10 va 12 % kamligi aniqlandi (4-jadval). Tekshiruvlarda ishtirok etgan maktab o‘quvchilari ratsionidagi o‘simlik oqsillarining miqdori me'yorga yaqin (o‘g‘il bolalarda), yoki undan bir oz past 61
bo‘lsada (qizlarda) (4-jadval), ularning umuimiy oqsillardagi ulushi me'yoriy ko‘rsatkichlardan yuqori, ya’ni o‘simlik oqsili umumiy oqsilning 37-39 % yuqori miqdorda ekanligi aniqlandi. Tekshirishlarimiz natijalariga ko‘ra maktab o‘quvchilari ratsionidagi oqsillar miqdorini oshirish choralari ko‘rilishi lozim. Bunda ratsiondagi hayvon oqsili 10- 12 % o‘simlik oqsili 14-20 % oshirilishiga hayvon mahsulotlardan asosan go‘sht va tuxum maxsulotlari, o‘simlik maxsuotlaridan asosan dukkaklilardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Antropometrik tekshirishlar ko‘rsatishicha, tekshiruvlarda ishtirok etgan maktab o‘quvchilarning bo‘y uzunligi o‘rta hisobda o‘g‘il bolalarda 149
sm, qiz bolalarda 152 sm ni tashkil qiladi. Tekshiriluvchilarning tana vazni o‘g‘il bolalarda 38 kg, qiz bolalarda 42 kg ni tashkil qiladi. Download 215.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling