17
qadimiy Xitoy, Hindiston, Misr, Markaziy Osiyo hududidagi
davlatlarda kanallar va suv omborlari barpo etilgan. Masalan,
Xitoyda bundan 2500 yil ilgari qurilgan «Ulug’ kanal»ning uzunligi
1800 km atrofida bo’lgan, qadimiy Rimda bundan 2300 yil ilgari
vodoprovod tarmog’i mavjud bo’lgan.
O’zbekiston hududida yashagan xalqlar ham juda qadim
zamonlardan beri sug’oriladigan dehqonchilik bilan shug’ullanib
kelishgan. Tarixiy manbalardan ma‘lumki, ajdodlarimiz bizning
eramizdan 2-ming yillar oldin ham tabiiy suv o’zanlari bo’lgan daryo
va soylardan katta-kichik kanallar yordamida suv olib, dehqonchilik
qilishgan. Masalan, Xorazm hududida Amudaryodan suv oladigan va
yerlarni sug’orish hamda kemalar harakatlanishi uchun mo’ljallangan
ba‘zi qadimiy kanallarning uzunligi yuzlab kilometrni tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: