O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Foydalanish sharoitlari va kapitalligi bo’yicha


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/69
Sana18.11.2021
Hajmi0.72 Mb.
#175532
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

2.2. Foydalanish sharoitlari va kapitalligi bo’yicha 

gidrotexnika inshootlarining turlari 

 

Foydalanish sharoitlariga ko’ra, gidrotexnika inshootlari doimiy 



va  vaqtinchalik  (qurilish  yoki  ta‘mirlash  davrida  ishlatiladigan) 

turlarga bo’linadi. Doimiy inshootlar o’z navbatida asosiy va ikkinchi 

darajali  turlarga  farqlanadi.  Agar  inshootni  ta‘mirlash  yoki  avariya 

holatlari  ob‘ektning  to’xtashi  yoki  juda  samarasiz  ishlashiga  olib 

kelsa, bunday inshoot asosiy inshoot deb qaraladi. Ikkinchi darajali 

inshootlarning  vaqtinchalik  to’xtab  qolishi  ob‘ekt  faoliyatiga 

unchalik ta‘sir ko’rsatmaydi.  

Asosiy  va  ikkinchi  darajali  inshootlarni  ularning  mas‘uliyatliligi 

(xalq  xo’jaligidagi  ahamiyati)  bo’yicha  to’rtta  sinfga  bo’ladilar.  Yirik 

suv  dimlash  inshootlari  (masalan,  to’g’onlar)  ning  mas‘uliyatliligi 

bo’yicha  sinfi,  inshootning  balandligi,  zaminidagi  gruntning  turi  va 

avariya  oqibatlari  bo’yicha  amaldagi  qurilish  me‘yorlari  asosida 

qabul  qilinadi.  Meliorativ  tizimlar  inshootlarning  sinflari  ularning 

tasarrufidagi yer maydoniga bog’liq holda belgilanadi (2.1-jadval).  

 

2.1-jadval 




 

16 


Meliorativ tizimlar inshootlarning sinflari 

Inshoot tasarrufidagi 

er maydoni, ming.ga 

Inshootlarning sinfi 

Sug’orishda 

Zax qochirishda 

Asosiy 

Ikkinchi darajali 

400 va undan katta 

II 



III 

50 dan 400 gacha 

50 va undan katta 

III 


IV 

50 dan kam 

50 dan kam 

IV 


IV 

 

Agar  asosiy  gidrotexnika  inshooti  bir  vaqtning  o’zida  xalq 



xo’jaligining bir necha sohalariga xizmat qilsa (masalan, energetika, 

transport,  melioratsiya,  suv  ta‘minoti  sohalariga)  inshootning  sinfi 

vazifasi  bo’yicha  belgilangan  eng  yuqori  sinfga  teng  qilib  qabul 

qilinadi.  Asosiy  inshootlarning  sinfi,  shuningdek,  maxsus 

asoslashdan  so’ng  bir  sinfga  oshirilishi  yoki  kamaytirilishi  ham 

mumkin.  

Yuklar va ta‘sirlarning birikmasi, materiallar qarshiligi va yuklar 

bo’yicha  ishonchlilik  koeffitsientlarining  qiymatlari  inshootning 

mas‘uliyatliligi bo’yicha sinfiga bog’liq holda qabul qilinadi.  

Agar  vaqtinchalik  inshootlarning  avariyasi  aholi  yashaydigan 

joylarga  falokat  keltiradigan  yoki  I-,  II-  va  III-sinfli  inshootlar 

qurilishini uzoq muddat to’xtatib qo’yadigan bo’lsa, ularni IV-sinfga 

kiritish  mumkin.  Qurilishni  olib  borish  jarayonida  foydalaniladigan 

vaqtinchalik to’g’onlar qurilish tunellarini maxsus asoslashdan so’ng 

III-sinfga kiritish ruxsat berilishi mumkin.  

 

 




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling