20
Chizmalar (planlar, qirqimlar, fasadlar, o’ziga xos qismlar va
birikmalarning ko’rinishlari) inshootning konstruktiv tuzilishi va
badiiy-me‘morchilik qiyofasi haqida ma‘lumot beradi. Hisobiy-
tushuntirish bayonida qurilish hududining tabiiy-iqlim sharoitlari
haqida umumiy ma‘lumotlar, texnik, texnologik va boshqa
yechimlarni
asoslash
hamda
ob‘ektning
texnik-iqtisodiy
ko’rsatkichlari haqidagi zarur ma‘lumotlar bayon etiladi. Smeta –
bino yoki inshootning bahosini aniqlovchi hujjatdir.
Alohida ob‘ektlarning bahosini aniqlovchi lokal va qurilishning
umumiy bahosini aniqlovchi yig’ma smetalar bir-biridan farqlanadi.
Smetalar asosida kapital mablag’lar rejalashtiriladi, qurilishni
moliyalashtirish hamda buyurtmachi va pudratchi o’rtasidagi hisob-
kitoblar amalga oshiriladi.
Loyihalash maxsus ixtisoslashgan tashkilotlar (loyihalash
institutlari) tomonidan amalga oshiriladi. Yirik inshootlarning
loyihasini tuzishda turli xil sohalarning mutaxassislari ham jalb
qilinishi mumkin.
Loyihalash uchun topshiriq (boshlang’ich hujjat) buyurtmachi
tomonidan beriladi. Bu topshiriqda ob‘ektning qurilish joyi va unga
qo’yiladigan talablar ko’rsatiladi.
Loyihalash bir yoki ikki bosqichga olib boriladi. Unchalik
murakkab bo’lmagan kichikroq ob‘ektlarning loyihasini tuzish bir
bosqichda amalga oshiriladi.
Yirik, mas‘uliyatli ob‘ektlar ikki bosqichda loyihalanadi. Birinchi
bosqichda loyiha yig’ma smeta bilan tuziladi, ikkinchi bosqichda esa
ishchi hujjatlar (ishchi chizmalar) va aniqlashtirilgan smetalar ishlab
chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: