Qad-qomatni somatoskopik tekshiruv usulida aniqlash va
baholash.
Ko`krak qafasi shakli normada silindr shaklida bo`ladi.
Yoshlikda suyaklar rivojining buzilishi tufayli ko`krak qafasi shakli
quyidagicha o`zgargan bo`lishi mumkin: voronkasimon, tovuq-
simon, yopishgan-yapaloq (etikdo`z ko`kragi) kabilar.
Yelka - orqa shakli normal holda umurtqa pog`onasi bo`yin
va bel qismida biroz oldinga, ko`krak va dumg`aza qismida biroz
orqaga egilgan bo`ladi. Umurtqa pog`onasining bu tabiiy egilishlari
odam qad-qomatining normal shakllanishida muhimdir.
Qad - qomat.
Qad-qomatning shakllanishida ko`krak qafasi suyaklari,
umurtqa pog`onasi, qo`l va oyoq suyaklari hamda tana muskullari-
ning normal rivojlanishi muhim ahamiyatga ega.
Qad-qomati normal shakllangan odam tik turganda uning
boshi ko`tarilgan, yelkalari yozilgan, ikkala yelkasi, kuraklari bir
tekislikda, qorni biroz ichiga tortilgan, oyoqlari tik va to`g`ri
bo`ladi. Sonlari, tizzalari, tovonlari bir-biriga tegib turadi, faqat
boldirlar orasida ozroqqina bo`shliq bo`ladi.
Qad-qomatning noto`g`ri shakllanishi bir necha xil bo`ladi:
egilgan, lordoz, kifoz, kekkaygan, skolioz qad-qomat.
Do'stlaringiz bilan baham: |