Kekkaygan qad-qomatli odam tik turganida orqasi to`g`ri
va tekis, qorni ichiga tortilgan bo`ladi. Bunday qad-qomat umurtqa
pog`onasining hamma tabiiy egilishlari normaga nisbatan kam
bo`lishi natijasida yuzaga keladi.
Skolioz qad-qomatli odam tik turganida yelkalarining biri
baland, biri past, kuraklarining biri baland, biri past bo`ladi. Bunday
qad-qomat umurtqa pog`onasining yon tomonga (o`ng yoki chap
tomonga) egrilanishi tufayli yuzaga keladi.
Yassioyoqlik. Odam oyog`ining tovon-kaft yuzasi tayanch-
harakatlanish tizimining muhim qismi hisoblanadi. U tuzilish xusu-
siyatlariga ko`ra tananing ressori vazifasini bajarishga moslashgan.
To`g`ri rivojlangan oyoq kafti yuzasining yarmidan ko`proq
qismi o`yiqroq, yarmidan ozroq qismi gumbaz shaklida bo`ladi.
Uning bunday tuzilishi tana massasining oyoq tovoni va kaftiga
baravar taqsimlanishini ta`minlaydi.
Oyoq tovon-kaft yuzasining normal tuzilishga ega bo`lishi,
oyoq bo`g`imlari va umurtqalar orasidagi tog`aylar bilan birgalikda
amartizator, ressor vazifasini bajarishini ta`minlaydi. Bu yurganda,
yugurganda, sakraganda ichki a`zolar, orqa va bosh miyaning chay-
qalishidan himoya qiladi.
Yassioyoqlikda tovon-kaft yuzasining gumbaz qismi kenga-
yib, o`yiq (chuqur) qismining sathi kamayadi. Ba`zida esa oyoq
tovon-kaft yuzasining deyarli hamma sathini gumbaz qism egallaydi
va tovon-kaft yuzasi tekis bo`lib qoladi. Natijada tovon-kaftning
ressorlik vazifasi buzilib quyidagi noqulayliklar yuzaga keladi:
- yassioyoq odam tik turganida uzoq vaqt tanasini to`g`ri tutib
tura olmaydi, chunki oyoqlari tez charchaydi, tovon-kaft sohasida,
boldir muskullarida og`riq paydo bo`ladi;
44
73
gining pаsаyishi, bоshining аylаnishi vа оg`rishi, qulоg`idа
shаng`illаsh, ko`ngil аynishi, umumiy hоlsizlik kаbilаrdan shikоyat
qilsа, mаshg`ulоt hаjmi bаjаruvchining funksiоnаl hоlаtigа nisbаtаn
ko`p ekanligi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |