Qo`shimcha tibbiy nazorat.
Qo`shimcha tibbiy nazorat quyidagi masalalarni hal etish
maqsadida o`tkaziladi:
1. O`quvchi-talaba biror og`ir kasallik bilan xastalanib,
ma`lum vaqt davolanib, o`qishga qaytganidan keyin, uning jismoniy
tarbiya darsiga qatnashishi masalasi hal etiladi.
2. Sportchi qandaydir kasallik yoki shikastlanish sababli
ma`lum vaqt davolanishda bo`lib, sog`ayib qaytgandan keyin, uning
trenirovka mashg`ulotlari bilan shug`ullanishi mumkin yoki
mumkin emasligi masalasi hal etiladi.
Agar sportchiga kasallik-shikastlanishdan keyin trenirovka
mashg`ulotlari bilan shug`ullanishga ruxsat etilsa, unga beriladigan
mashq hajmi va tezligi belgilanib, trenerovka o`tkazish rejasi
bo`yicha trenerga va sportchining o`ziga, shifokor maslahati
beriladi.
3. Sportchining musobaqaga qatnashishi oldidan, u qo`shim-
cha tibbiy nazoratdan o`tkaziladi. Bunda sport-vrachi xulosasiga
ko`ra sportchining musobaqaga qatnashishi mumkin yoki mumkin
emasligi masalasi hal etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |