TIBBIY XIZMAT KO`RSATISH
Tibbiy nazorat va uning bosqichlari.
Ma`lumki, maktab, o`rta maxsus va oliy ta`lim muassasa-
larida o`quv reja asosida jismoniy tarbiya fani o`qitiladi.
Mazkur fanning o`quv dasturi bo`yicha jismoniy mashq
darslari boshlanishidan oldin, ya`ni har o`quv yilining boshida,
hamma o`quvchilar va talabalar tibbiy nazoratdan o`tkaziladirlar.
Tibbiy nazorat bosqichlari
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilarni tibbiy
nazoratdan o`tkazish 3 bosqichda amalda oshiriladi: birlamchi,
takror, qo`shimcha tibbiy nazorat.
Birlamchi tibbiy nazorat. Bu jismoniy tarbiya va sport bilan
shug`ullanishning boshlanish davrida, ya`ni o`quv yilining boshida
o`tkaziladi.
Bunda quyidagi masalalar hal etiladi:
1. Nazoratdan o`tayotgan shaxsning shu paytdagi sog`liq
holati aniqlanadi va baholanadi.
2. Jismoniy rivojlanish ko`rsatkichlari: tana vazni, bo`y uzun-
ligi, ko`krak qafasi aylanasi, o`pka tiriklik sig`imi, qo`l va bel
muskullari kuchi va boshqa ko`rsatkichlar aniqlanadi va baholanadi.
3. Mazkur shaxs organizmining funksional holati, ya`ni
jismoniy mashqlarga moslashish imkoniyati aniqlanadi va baho-
lanadi.
4. Ushbu tibbiy nazorat natijasida o`quvchi va talabalar
jismoniy tarbiya fani darsiga qatnashish bo`yicha 3 ta sog`liq
guruhlariga bo`linadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |