O`tkir zo`riqish tufayli yuzaga keladigan kasalliklar:
O`tkir zo`riqish tufayli bosh miyaning zararlanishi.
Sababi: Katta hajmda mashg`ulot bajarish paytida sportchi-
ning jismoniy zo`riqishi tufayli bosh miya arterial qon tomirlari
torayadi va bosh miya o`ng yoki chap yarimshari nerv to`qima-
sining qon bilan ta`minlanishi buziladi (Miya ishemiyasi yuzaga
keladi).
Belgilari:
Mashg`ulot bajarayotgan paytda sportchida to`satdan bosh
og`rig`i, ko`ngil aynish, qusish, o`ng yoki chap qo`l-oyoqlarining
kuchsizlanishi yuzaga keladi. U harakatini to`xtatishga majbur
bo`ladi, yoki yiqiladi.
Sportchini tekshirganda quyidagi belgilar aniqlanadi: o`ng
yoki chap tomon burun-lab o`rtasidagi teri burmalari yo`qolib, shu
joy terisi tekis bo`lib qoladi, yuzidagi ushbu o`zgarish o`ng tomon-
da bo`lsa, bunga qarama-qarshi chap tomonidagi qo`l va oyoq
muskullari kuchsizlanadi, harakatlanishi qiyinlashadi. Shu qo`l-
oyoq terisining sezuvchanligi pasayadi, ya`ni issiq-sovuqni, paypas-
lashni, igna sanchganda og`riqni sezmaydi.
оlish, 4 marta ovqatlаnish rеjimigа riоya qilish, zаrаrli оdаtlаrdаn
vоz kеchish tаvsiya etilаdi.
2.Yurаk sohasida og`riq bo`lganda valokordin (korvalol)
20-30 tomchi ichishga, validol yoki nitroglitserin og`riq vaqtida
1 tabletka til ostiga qo`yiladi. Tinch yotish yoki o`tirish.
3.Yurаk muskuli fаоliyatini yaxshilаsh uchun glyukоzа 40 %
li-20ml, kоkаrbоksilаzа 50 mg vеnа tomirigа kuniga 1 mahal 10
kun yuborilаdi. АTF 1ml muskul оrаsigа kunigа 1 mahal 10 kun
davomida.
4. Sportchi kardiolog shifokor nazoratida davolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |