magan sportchi birdaniga katta hajmdagi mashq yuklamasini bajar-
ganda vujudga keladi.
O`tkir zo`riqish holati yaxshi chiniqqan sportchida ham
vujudga kelishi mumkin. Bunga sabab:
- birinchidan, musobaqa yoki trenirovka jarayonida, sportchi
o`zining funksional imkoniyatiga nisbatan birdaniga oldindan
sinamagan katta hajmdagi mashqni bajarishi;
- ikkinchidan, oldingi musobaqadan keyin, sportchi kuch-
quvvatini to`liq tiklamasdan, charchagan holatda yana musobaqaga
qatnashishi;
- uchinchidan, sportchida qandaydir yashirin kechayotgan
kasallik bo`lib, bunga e`tibor bermasdan, ya`ni davolanmasdan,
musobaqaga qatnashib, katta hajmdagi mashqni bajarishi;
- to`rtinchidan, sportchining gigiyena fani qoidasiga asos-
langan kun tartibiga, sog`lom turmush tarziga rioya qilmasligi, ya`ni
o`z vaqtida uxlash va dam olish, to`g`ri ovqatlanish qoidalarining
buzilishi, biror sabab bilan musobaqa oldidan spirtli ichimliklar
iste`mol qilishi, yaxshi dam olmasdan musobaqaga qatnashishi
kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: