O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti
Distoniyaning gipotonik turida tibbiy yordam
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
sport tibbiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tibbiy yordam
Distoniyaning gipotonik turida tibbiy yordam.
1. Spоrtchigа 2 hаftа dаm bеrilаdi. Bu dаvrdа oqsilga, vitаminlаrgа bоy oziq-ovqatlаr, sаbzаvоtlаr, mеvаlаr, mеvа sharbat- lаri istе`mоl qilish, ko`prоq uxlаsh tаvsiya etiladi. 2. Pаsаygаn аrtеriаl qon bоsimini me`yorigа yetkazish uchun jеnshеn 15-25 tоmchi kunigа 2 mahal ichishga, 10-20 kun davo- mida. 3. Vitаmin B 1 -1ml muskul оrаsigа, kunigа 1 mahal, 10 kun. 4. АTF 1 ml muskul оrаsigа kunigа 1 mahal, 10 kun. 5. Glyukoza 40 % -20 ml, vitamin C-5 % -3 ml vena tomiriga kuniga 1 mahal, 10 kun. 6. Dаm оlish vа dаvоlаnish tugаgаch, trеnirоvkа mashg`ulot- lаri boshlanadi. Ularning hаjmi vа tеzligi bir оy dаvоmidа аstа- 50
67 Bu o`zgarishlar bosh miyaning o`ng yoki chap yarimshari nerv to`qimasining qon va kislorod bilan ta`minlanishi buzilishi (miya ishemiyasi) tufayli, tananing o`ng yoki chap tomoni terisi va muskullarini ta`minlaydigan nerv tolalarining parez (yarim shol) holati vujudga kelganini ko`rsatadi. Bu holat o`ng yoki chap tomon gemiparezi deyiladi. Zo`riqish juda kuchli bo`lsa bosh miya yarim sharlarining o`ng yoki chap tomonida qon-tomiri yorilishi va miya insulti yuzaga kelishi mumkin. Bunda sportchi hushidan ketadi, mafas olishi qiyinlashadi, yurak ishi juda kuchsizlanadi, yurak to`xtab - to`xtab uradi, ya`ni yurak aritmiyasi yuzaga keladi. Rangi oqaradi, lablari ko`karadi, qo`l - oyoqlari soviydi. Miyaning o`ng tomonida insult (qon quyilish) bo`lsa, yuzning o`ng tomonidagi teri va muskullar shol bo`ladi (og`izning o`ng burchagi osilib qoladi), chap tomon qo`l-oyoq shol bo`ladi (chap tomon gemiparalichi), agar miyaning chap tomonida insult (qon quyilish) bo`lsa, yuqoridagi o`zgarishlar yuzning chap tomoni va o`ng tomon qo`l-oyoqlarida bo`ladi.
1. Sportchi orqasi bilan boshini baland qilib yotqiziladi. 2. Qon bosimi o`lchanadi. Agar bosim ko`tarilgan bo`lsa: 2.1. Arterial bosimni pasaytirish uchun magneziy sulfat 25 %-5 ml shpritsga olinadi, uning ustidan novokain 0,5 %-2 ml olib, muskul orasiga yuboriladi. 2.2. Bu bo`lmasa, platifillin 1 ml muskul orasiga yoki teri ostiga yuboriladi. 2.3. Valokardin 25 tomchi tili ostiga tomiziladi. 3. Tibbiy yordam ko`rsatish jarayonida tez yordam chaqirilib, shifoxonaning nevrologiya bo`limiga yotqiziladi. 4. Bosh miyaning ishemiyasi va gemiparez kasalligidan sog`aygan sportchi tibbiy nazoratdan o`tkazilgach, uning sport bilan shug`ullanish masalasi hal etiladi, tibbiy reabilitatsiya qilinadi. Agar miya unsulti oqibatida o`ng yoki chap qo`l-oyoq gemi- paralich (shol) bo`lsa, bemor nevrologiya shifoxonasida uzoq vaqt davolanishi kerak.
Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling