O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Distoniyaning gipotonik turida tibbiy yordam


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

Distoniyaning gipotonik turida tibbiy yordam. 

1.  Spоrtchigа  2  hаftа  dаm  bеrilаdi.  Bu  dаvrdа  oqsilga, 

vitаminlаrgа bоy oziq-ovqatlаr, sаbzаvоtlаr, mеvаlаr, mеvа sharbat-

lаri istе`mоl  qilish,  ko`prоq uxlаsh tаvsiya etiladi.  

2. Pаsаygаn аrtеriаl qon bоsimini me`yorigа yetkazish uchun 

jеnshеn  15-25  tоmchi  kunigа    2  mahal  ichishga,  10-20  kun  davo-

mida. 

3. Vitаmin B



1

 -1ml  muskul оrаsigа,  kunigа 1 mahal, 10 kun.  

4. АTF 1 ml  muskul оrаsigа kunigа 1 mahal, 10 kun.  

5. Glyukoza 40 % -20 ml, vitamin C-5 % -3 ml vena tomiriga 

kuniga  1 mahal, 10 kun. 

6. Dаm оlish vа dаvоlаnish tugаgаch, trеnirоvkа mashg`ulot-

lаri  boshlanadi.  Ularning    hаjmi  vа  tеzligi  bir  оy  dаvоmidа  аstа-

50 


67 


  

Bu  o`zgarishlar  bosh  miyaning  o`ng  yoki  chap  yarimshari 

nerv  to`qimasining  qon  va  kislorod  bilan  ta`minlanishi  buzilishi 

(miya ishemiyasi) tufayli, tananing o`ng yoki chap tomoni terisi va 

muskullarini  ta`minlaydigan  nerv  tolalarining  parez  (yarim  shol) 

holati vujudga kelganini ko`rsatadi. Bu holat o`ng yoki chap tomon 

gemiparezi deyiladi. 

Zo`riqish  juda  kuchli  bo`lsa  bosh  miya  yarim  sharlarining 

o`ng yoki chap tomonida qon-tomiri yorilishi va miya insulti yuzaga 

kelishi  mumkin.  Bunda  sportchi  hushidan  ketadi,  mafas  olishi 

qiyinlashadi,  yurak  ishi juda  kuchsizlanadi,  yurak  to`xtab  -  to`xtab 

uradi,  ya`ni  yurak  aritmiyasi  yuzaga  keladi.  Rangi  oqaradi,  lablari 

ko`karadi, qo`l - oyoqlari soviydi. 

Miyaning o`ng tomonida insult (qon quyilish) bo`lsa, yuzning 

o`ng  tomonidagi  teri  va  muskullar  shol  bo`ladi  (og`izning  o`ng 

burchagi  osilib  qoladi),  chap  tomon  qo`l-oyoq  shol  bo`ladi  (chap 

tomon  gemiparalichi),  agar  miyaning  chap  tomonida  insult  (qon 

quyilish)  bo`lsa,  yuqoridagi  o`zgarishlar  yuzning  chap  tomoni  va 

o`ng tomon qo`l-oyoqlarida bo`ladi. 

Tibbiy yordam:  

1. Sportchi orqasi bilan boshini baland qilib yotqiziladi. 

2. Qon bosimi o`lchanadi. Agar bosim ko`tarilgan bo`lsa: 

2.1.  Arterial  bosimni  pasaytirish  uchun  magneziy  sulfat              

25  %-5  ml  shpritsga  olinadi,  uning  ustidan  novokain  0,5  %-2  ml 

olib, muskul orasiga yuboriladi. 

2.2.  Bu  bo`lmasa,  platifillin  1  ml  muskul  orasiga  yoki  teri 

ostiga yuboriladi. 

2.3. Valokardin 25 tomchi tili ostiga tomiziladi. 

3. Tibbiy yordam ko`rsatish jarayonida tez yordam chaqirilib,  

shifoxonaning nevrologiya bo`limiga yotqiziladi. 

4.  Bosh  miyaning  ishemiyasi  va  gemiparez  kasalligidan 

sog`aygan sportchi tibbiy nazoratdan o`tkazilgach, uning sport bilan 

shug`ullanish masalasi hal etiladi, tibbiy reabilitatsiya qilinadi.  

Agar miya unsulti oqibatida o`ng yoki chap qo`l-oyoq gemi-

paralich  (shol)  bo`lsa,  bemor  nevrologiya  shifoxonasida  uzoq  vaqt 

davolanishi kerak. 


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling