O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

TIBBIY XIZMAT KO`RSATISH  

 

Tibbiy nazorat va uning  bosqichlari.  

Ma`lumki,  maktab,  o`rta  maxsus  va  oliy  ta`lim  muassasa-

larida o`quv reja asosida jismoniy tarbiya  fani o`qitiladi. 

Mazkur  fanning  o`quv  dasturi  bo`yicha  jismoniy  mashq 

darslari  boshlanishidan  oldin,  ya`ni  har  o`quv  yilining  boshida, 

hamma o`quvchilar va talabalar tibbiy nazoratdan o`tkaziladirlar. 



Tibbiy nazorat bosqichlari 

Jismoniy  tarbiya  va  sport  bilan  shug`ullanuvchilarni  tibbiy 

nazoratdan  o`tkazish  3  bosqichda  amalda  oshiriladi:  birlamchi, 

takror, qo`shimcha tibbiy nazorat.  



Birlamchi tibbiy nazorat. Bu jismoniy tarbiya va sport bilan 

shug`ullanishning  boshlanish  davrida,  ya`ni  o`quv  yilining  boshida 

o`tkaziladi.  

Bunda quyidagi masalalar hal etiladi: 

1.  Nazoratdan  o`tayotgan  shaxsning  shu  paytdagi  sog`liq 

holati aniqlanadi va baholanadi.   

2. Jismoniy rivojlanish ko`rsatkichlari: tana vazni, bo`y uzun-

ligi,  ko`krak  qafasi  aylanasi,  o`pka  tiriklik  sig`imi,  qo`l  va  bel 

muskullari kuchi va boshqa ko`rsatkichlar aniqlanadi va baholanadi. 

3.  Mazkur  shaxs  organizmining  funksional  holati,  ya`ni  

jismoniy  mashqlarga  moslashish  imkoniyati  aniqlanadi  va  baho-

lanadi. 


4.  Ushbu  tibbiy  nazorat  natijasida  o`quvchi  va  talabalar 

jismoniy  tarbiya  fani  darsiga  qatnashish  bo`yicha  3  ta  sog`liq 

guruhlariga bo`linadilar. 


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling