O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

 

 

 

 

 

 

 

 

115 




  

SO`Z BOSHI 

 

Sport  tibbiyoti  fani  klinik  tibbiyotning  maxsus  tarmog`i 

hisoblanadi.  

Mazkur  fan  tibbiy  nazorat  o`tkazish  orqali  jismoniy  tarbiya 

va  sport  mashg`ulotlari  bilan  shug`ullanuvchilarning  sog`lig`i, 

jismoniy rivojlanishi, chiniqishi va turli to`qima - a`zolar tizimining 

funksional  imkoniyatlarini  aniqlaydi.  Shunigdek,  sportchilarda 

yuzaga  kelishi  mumkin  bo`lgan  kasalliklar  va  shikastlanishlarning 

sabablarini aniqlash, ularning oldini olish, davolash, sportchi kuch-

quvvatini tiklash masalalari bilan shug`ullanadi. 

Ushbu fan jismoniy madaniyatning maxsus fanlariga turdosh 

sifatida,  mashq  hajmi  va  tezligini  belgilashda, shug`ullanuvchining 

sog`lig`iga,  chiniqqanlik  darajasiga  alohida  e`tibor  berish  lozimligi 

haqida o`qitivchi-trenerga maslahat beradi.  

Shunday  qilib,  sport  tibbiyoti  fani  jismoniy  madaniyat  va 

sport  fanlarining  ajralmas  qismi  bo`lib,  jismoniy  tarbiya  o`qituv-

chisi  va  sport  trenerini  mutaxassis  sifatida  tayyorlashga  bevosita 

aloqadordir. 

Mazkur  o`quv  –  uslubiy  qo`llanmani  tayyorlash  jarayonida 

turli adabiy va axborot manbalarida chop etilgan, jumladan, internet 

saytlarida  keltirilgan  ma`lumotlardan  foydalanildi.  Olingan  ma`lu-

motlar bir-biri bilan taqqoslanib, ishonch hosil qilingan ma`lumotlar 

jamlandi. Adabiy ma`lumotlar asosan rus va boshqa xorijiy tillarda 

chop  etilganligi  bois,  ularni  o`zbek  tiliga  o`zbekcha-ruscha  tibbiy 

lug`atlardan foydalangan holda o`girish amalga oshirildi. 

Jamlangan  ma`lumotlar  hozirgi  kunda  darsliklarga  qo`yilgan 

talablar asosida tavsiya etilgan ketma-ketlikda rasmiylashtirildi. 

Kutiladigan  natijalar  -  O`zbekiston  Respublikasida  oliy 

ma`lumotli kadrlarni, jumladan, jismoniy tarbiya va sport mutaxas-

sislarini  yetishtirib  chiqarish  dasturi  o`zgarayotgan,  oliy  toifali  va 

malakali  mutaxassislarni  tayyorlash  talab  etilayotgan  hozirgi 

davrda, ushbu o`quv – uslubiy qo`llanmani foydali bo`lishiga umid 

bog`lasa  bo`ladi.  Foydali  bo`lish  jarayonida  quyidagilarga  erishish 

mumkin:  turli  kasalliklar  va  jarohatlar  oldini  olish;  to`g`ri  va 

oqilona tashxis qo`yish; to`g`ri va asoratsiz davolash; reabilitatsiya-

ni takomillashtirish va h.k. 


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling