O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

 

 

 

 

 

 

113 




  

tarbiya  va  trenerovka  mashg`ulotlarining  unumdorligi,  ularni  baja-

rish  uslublari,  vositalari  har  bir  shug`ullanuvchi  organizmining 

sog`lig`i,  chiniqqanligi,  funksional  imkoniyatlari  va  individual 

xususiyatlariga mos bo`lishi bilan bog`liq. 

Jismoniy  tarbiya  o`qituvchisi  va  trenerga  jismoniy  mashqlar 

bilan  shug`ullanuvchilarning  sog`lig`i  va  kelajak  taqdiri  ishonib 

topshiriladi.  Shu  bois,  ular  unutmasliklari  lozimki,  mashg`ulotlarni 

tashkil etish va o`tkazish uslublarida, mashg`ulot hajmi va tezligini 

belgilashda  yo`l  qo`yilgan  har  bir  xato,  mashg`ulot  natijasining 

pasayishiga  olib  kelishi  bilan  birga,  shug`ullanuvchilarning 

sog`lig`iga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin. 

  Jismoniy tarbiya  o`qituvchisi va trener – bu keng qamrovli, 

nihoyatda muhim va  murakkab vazifani bajaruvchi pedagog hisob-

lanadi.  Uning  faoliyatida  ma`naviy  -  axloqiy,  sport  –  pedagogik, 

psixologik va sport tibbiyoti mutaxassisliklari bir  - biri bilan uzviy 

bog`langan holda namoyon bo`ladi. Jismoniy tarbiya o`qituvchisi va 

trenerni  mutaxassis  sifatida  tayyorlashda  tibbiy-biologik  (odam 

anatomiyasi, odam fiziologiyasi, yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi, 

jismoniy  tarbiya  gigiyenasi)  fanlar  orasida,  Sport  tibbiyoti  fani, 

asosiy  o`rinni  egallaydi.  Bu  fanni  mukammal  egallay  olmagan 

jismoniy  tarbiya  o`qituvchisi  va  trener  jismoniy  tarbiya  va  sport 

mashg`ulotlarini  ilmiy  asosda  tashkil  eta  olmaydi.  Eng  muhimi 

shug`ullanuvchilarni  ilmiy  asosda  chiniqtirish,  ularda  zo`riqish  va 

shikastlanish  holatlarining  oldini  olish  uchun  zarur  bo`lgan  bilim-

larga ega bo`la olmaydi. 

Yuqorida  bayon  etilganlardan  ko`rinib  turibdiki,  malakali 

jismoniy  tarbiya  o`qituvchilari  va  sport  trenerlarini  tayyorlashda 

Sport tibbiyoti fanining ahamiyati beqiyosdir. 


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling