O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


O`zbekiston  Respublikasi  Hukumatining  inson  sog`lig`i


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

O`zbekiston  Respublikasi  Hukumatining  inson  sog`lig`i, 

jumladan, yosh avlod sog`lig`i haqida g`amxo`rligi 

O`zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishishi  sharofati 

bilan  xalq  sog`lig`i,  birinchi  navbatda  ona  va  bola    hamda  yoshlar  

sog`lig`ini  muhofaza  qilishga  e`tibor  davlat  siyosati  darajasiga 

ko`tarildi.  Jumladan,  O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining 

40-moddasida «Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish 

huquqiga ega» deyilgan.  

O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2000-yil, 

15-fevraldagi  46-sonli  qaroriga  muvofiq  «Sog`lom  avlod»  Davlat 

dasturi tasdiqlandi. U 2000-yildan boshlab ko`p yillar davom etadi-

gan  tadbirlarni  o`z  ichiga  oladi.  Uning  mazmuni  mamlakatimiz 

aholisi,  ayniqsa  bolalar,  o`smirlar  va  tug`ish  yoshidagi  ayollar 

sog`lig`ini  muhofaza  qilish,  ularda  sog`lom  turmush  tarzini  shakl-

lantirish,  shuningdek,  tibbiy  xizmat  ko`rsatish  sifatini  yanada 

yaxshilash va muntazam ravishda takomillashtirishdan iboratdir.  

O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2001-yil 

5-fevraldagi  «Ona  va  bola»  Davlat  dasturi  to`g`risidagi  qarori 

«Sog`lom avlod» Davlat dasturining mantiqiy davomi hisoblanadi. 

Ushbu  dasturda  ona  va  bola  sog`lig`ini  mustahkamlash,  sog`lom 

oilani  shakllantirish,  sog`lom  bola  tug`ilishi,  bolani  jismoniy  va 

ma`naviy  rivojlantirishda  oilaning  mas`uliyatini  oshirishga  asosiy 

e`tibor qaratilgan. 

O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2005-yil, 

25-yanvardagi  qarori  bilan  tasdiqlangan  «Sihat–salomatlik  yili» 

Davlat dasturida quyidagi maqsadli vazifalarni amalga oshirish;  

– odamlarda bebaho boylik bo`lgan o`z sog`lig`ini saqlashga 

mas`uliyatli munosabatda bo`lish; 

Massaj  ta`sirida  zahira  kapillyarlar  ishga  tushib,  organizmda 

qonning  qaytadan  taqsimlanishi,  yurak  ishining  yaxshilanishi 

kuzatiladi.  Bu  o`z  navbatida  tana  haroratini  oshiradi,  to`qimalar 

qizib  mayinlashadi,  fizik  va  kimyoviy  holatlar  o`zgaradi,  Natijada 

har  xil  shikastlanish,  jarohatlanishlarning  oldi  olinadi.  Sog`lom 

odamlarning  qon  bosimi  massaj  ta`sirida  deyarli  o`zgarmaydi,  qon 

bosimi  oshgan  kishilarda  esa  massajning  reflektor  ta`siri  tufayli 

kapillyarlar  kengayib,  muskullar  bo`shashadi  va  qon  bosimi 

pasayadi. 

Kuchli va shiddatli massaj usullari yurak urishini tezlashtira-

di, tinchlantiruvchi (silash, tebratish, silkitish) usullar yurak urishini 

pasaytiradi,  venoz  qon  oqimi  tezlashib,  yurak  muskullarining  ishi 

yengillashadi. 

Massaj  harakatlari  limfa  oqimi  tomon  yo`naltiriladi.  Bu  esa 

a`zolar  va  to`qimalardagi  limfa  oqimining  yurakka  tomon  harakat-

lanishini  kuchaytiradi  va  limfa  suyuqligii  limfa  tomirlaridan  limfa 

tugunlariga  quyiladi.  Limfa  tugunlari  qon  hosil  qilish  bilan  bir 

vaqtda  kasallik  qo`zg`atuvchi  mikroblar,  ularning  toksinlari, 

umuman,  zaharli  moddalar  uchun  to`siq  vazifasini  bajaradi.  Limfa 

tugunchalari  immuno-biologik  jarayonlarni  va  limfa  harakatini 

tartibga solib turadi. Limfa tugunlari massaj qilinmaydi. 

Massaj  ta`sirida  qon  va  limfa  oqimi  tezlashgani  sababli, 

a`zolar  kislorod,  oziq  moddalar  bilan  ta`minlanishini  faollashtiradi 

hamda  hujayradagi  parchalanish  reaksiyalarining  oxirgi    mahsulot-

arini organizmdan chiqishini tezlashtiradi. Qon va limfa oqimining 

tezlashishi  bo`g`imlarda,  qorin  va  boshqa  bo`shliqlarda  ularning 

dimlanishini kamaytiradi. 

Massaj  mahalliy  limfa  oqimiga  ta`sir  etish  bilan  bir  qatorda 

limfa tizimiga reflektor yo`l bilan ta`sir etadi, bu holda limfa tomir-

larining  tonusi,  harakati  yaxshilanadi.  Massaj  qilishda  massajchi 

qo`lining harakat yo`nalishi limfa oqimi bo`ylab eng yaqin joylash-

gan  limfa  tuguni  tomonga  qaratilishi  lozim.  Qoida  bo`yicha  limfa 

tuguni joylashgan qismlar massaj qilinmaydi.  




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling