O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

 

MASSAJNING GIGIENIK ASOSLARI 

 

Massaj xonasiga va jihozlariga talablar 

Massaj xonasiga va jihozlariga muayyan talablar qo`yiladi. 

Massaj  muolajalari  maxsus-massaj  xonalarida  olib  borilishi 

tavsiya etiladi. Har bir ish joyi uchun 8 m

2

 joy talab etiladi. Ayrim 



hollarda,  havo  harorati  20

o

–22



o

C  bo`lganida  massaj  ochiq  havoda 

o`tkazilishi  mumkin.  Massaj  olinadigan  joy  quyosh  nurlaridan  va 

shamoldan  muhofazalangan  bo`lishi  lozim.  Massaj  xonalari  quruq, 

sun`iy  yoritilgan  bo`lishi  kerak.  Yoritish  120-130  lyuks  bo`lishi 

shart.  Massaj  xonalari  yaxshi  jihozlanib  soatiga  2-3  marta  havo 

almashadigan  bo`lishi  lozim.  Massaj  xonasi  qatorida  quruq  havoli 

hammom,  dush,  kiyinib-yechinish  xonasi,  hojatxona  bo`lishi 

maqsadga  muvofiq.  Havo  harorati  va  namligining  ortishi  massaj-

ning samarasiga salbiy ta`sir etishi mumkin. Massaj xonasida hech 

qanday shovqin-suron bo`lmasligi kerak. Yoqimli musiqa ohanglari 

taralsa, massaj yaxshi o`tadi. 

Massaj  vaqtida  ishlatiladigan  talk  terini  iflos  qilmaydi,  yog` 

va  terni  so`rib  oladi,  terini  sirg`anchiq  qiladi,  ammo  ko`pchilik 

mutaxassislar  massajni  surtmalarsiz,  toza  qo`l  bilan  bajarishni 

tavsiya  etadilar.  Massajning  ishqalash  usuli  bajarilganda  teri  shili-

nishi  mumkin.  Shuning  uchun  massajning  siqish,  ishqalash  kabi 

usullarini  moyli  surtmalar  yordamida  olib  borilgani  ma`qul.  Uqa-

lash va zarb bilan qoqish usullari quruq terida o`tkazilishi mumkin. 


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling