O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

Shved  massaj  tizimi  silash,  ishqalash  va  harakat  usullaridan 

tarkib topgan, bunda eng asosiy e`tibor bo`g`imlarni massaj qilishga 

qaratilgan. Shved massaji tizimida vaqtning 60-70 foizi ishqalashga, 

30-40 foizi harakatlarga (faol, sust) 5-7 foizi silashga ajratiladi. 



Fin massaj tizimi. Massaj vaqtida harakat yo`nalishi oyoqdan 

bosh  tomonga  qaratilgan,  bu  kam  samaralidir,  hammomlarda  fin 

massaji  ishlatilmaydi.  Sport  amaliyotida  fin  massaj  tizimidan 

eshkak  eshish,  boks,  kurash,  og`ir  atletika  kabi  sport  turlarida 

foydalanish  yaxshi  natija  bermaydi.  Ammo  yassi  muskullar  (orqa-

ning  uzun  muskullari,  bilakni  yozuvchi  muskullar,  boldirning  oldi 

111 



  

-  shuningdek,  jismoniy  mashqlarning  maxsus  dasturlarini 

ishlab chiqishlari

- tibbiyot- jismoniy tarbiya dispanserlarini tashkil etishlari; 

-  15-moddasida,  jismoniy  tarbiya  va  sport  inshoatlarining 

ma`muriyati,  mashg`ulotlar  va  musobaqalar  o`tkaziladigan  joylarni 

texnika  xavfsizligi  qoidalariga    va  sanitariya-gigiyena  qoidalariga 

muvofiq jihozlanishini ta`minlashi zarur deyilgan. 

O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O`zbekiston 

Bolalar  sportini  rivojlantirish  jamg`armasini  tuzish  to`g`risida” 

2001 yil 24-oktabrdagi Farmonida: 

-  bolalarda  sportga  mehr  uyg`otish,  ular  ongida  sport  bilan 

shug`ullanish,  sog`lom  turmush  tarziga  amal  qilish,  ularni  salbiy 

ta`sirlar va zararli odatlardan himoya qilish

- jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport ko`nikmalarini singdi-

rish ta`kidlangan. 

 O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “O`quv-

chi  va  talaba  yoshlarni  sportga  jalb  qilishga  qaratilgan  uzluksiz 

sport  musobaqalari  tizimini  tashkil  etish  to`g`risida”  2003  yil                  

3-iyundagi Qarorida: 

-  “Umid  nihollari”,  “Barkamol  avlod”,  “Universiada”  sport 

musobaqalarini  o`tkazishda  sog`liqni  saqlash  muassasalari  zimma-

siga musobaqa ishtirokchilarini tibbiy ko`rikdan o`tkazish, musoba-

qa  davrida  tibbiy  xizmat  ko`rsatishni  tashkil  etish,  sportchilarning 

dam  olish,  ovqatlanish  joylarida  sanitariya  va  gigiyena  qoidalariga 

qat`iy rioya qilinishini ta`minlash vazifasi yuklangan. 

O`zbekiston  Respublikasi  Hukumatining  jismoniy  tarbiya  va 

sport to`g`risidagi yuqorida bayon etilgan huquqiy-me`yoriy hujjat-

larida, jismoniy tarbiya va sport hamda tibbiyot sohalarining bir-biri 

bilan  chambarchas  bog`liqligi,  ikkala  soha  ham  jamiyatimizda 

sog`lom  turmush  tarzini  shakllantirish,  inson  sog`lig`i,  ayniqsa, 

yoshlar sog`lig`ini mustahkamlash, umrini uzaytirish, mehnat qilish 

qobiliyatini yuksaltirish uchun xizmat qilishi ta`kidlangan. 

Sport tibbiyoti fani tibbiy nazorat o`tkazish yo`li bilan jismo-

niy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilarning sog`lig`i, jismoniy 

rivojlanishi,  funksional  imkoniyatlarini  aniqlaydi.  Olingan  natija 

asosida bo`lg`usi jismoniy  tarbiya  o`qituvchisi  va  trenerga  (hozirgi 

talabalarga)  jismoniy  mashqlar  hajmini  belgilash  bo`yicha  zarur 

maslahatlar beradi. 

organizmda qonning a`zolarga taqsimlanishi o`zgaradi, kapillyarlar-

ning  soni  ko`payadi,  qon  oqimi  kuchayadi  va  yurakning  qisqarib  - 

bo`shashi yengillashadi.  

Umumiy  massaj  organizmning  vegetativ  funksiyalari  (nafas 

olish,  qon  aylanish,  ovqat  hazm  qilish,  qon  ishlab  chiqarish)  ni 

tartibga  soladi.  Qorin  bo`shlig`ida  joylashgan  ichki  a`zolarga  ham 

massaj ijobiy ta`sir etib, siydik ajralishini kuchaytiradi. 

Massaj  organizmning  himoya  va  boshqarish  funksiyalarini 

kuchaytiradiuvchi muhim profilaktik vositadir. 




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling