O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Massajning muskul tizimiga ta`siri


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

Massajning muskul tizimiga ta`siri 

Muskullar  odam  tanasini  harakatga  keltiribgina  qolmasdan, 

balki, boshqa hayotiy faoliyatlarimiz uchun ham muhim ahamiyatga 

ega.  Silliq  muskullar  ichki  a`zolar  va  qon  tomirlarining  devorini 

hosil qiladi, yurak muskul hujayralari qo`zg`aluvchanlik xususiyati-

ga ega bo`lib, uning faoliyatini ta`minlaydi. 

Massaj ta`sirida muskullar mustahkamlanadi, ularning tonusi 

va  elastikligi  ortadi,  qisqarish  funksiyasi  yaxshilanadi,  quvvati 

ko`payadi,  ish  qobiliyati  ortadi,  muskullarga  arterial  qon  ko`proq 

kela  boshlaydi,  muskullardagi  toliqish  yo`qoladi,  tiklanish jarayoni 

tezlashadi. 

Toliqqan  muskullarning  faoliyati  besh  daqiqalik  massajdan 

so`ng  3-7  marta  ortadi.  Muskullar  faoliyatining  bunday  ortishi 

jismoniy mehnatda qatnashmagan muskullarni massaj qilganda ham 

kuzatiladi.  Shuning  uchun  ayrim  muskul  guruhlari  toliqqan  vaqtda 

mehnatda  ishtirok  etmagan  muskullarni  massaj  qilish  maqsadga 

muvofiqdir. Massaj ta`siri natijasida muskul atrofiyasi sekinlashadi. 

Massaj  muskullarda  kechadigan  oksidlanish-qaytarilish  jara-

yoniga ham sezilarli ta`sir ko`rsatadi, muskul to`qimasi hujayralari-

ning  kislorod    bilan  ta`minlanishi,  plastik  (tuzilish)  va  energetik 

jarayonlar  yaxshilanadi.  Bu  esa  muskullarning  funksional  imko-

niyatlarini, ya`ni kuchi va chidamliligini oshiradi. 




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling