O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Sport vrachlik nazorat dispanseri


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

Sport vrachlik nazorat dispanseri. 

Bu viloyat markazida va viloyatning yirik shaharlarida joyla-

shadi. Sog`liqni saqlash boshqarmasi rahbarligida sport tashkilotlari 

bilan hamkorlikda faoliyat ko`rsatadi. 

Dispanserda  sport  tibbiyoti  bo`yicha  bir  nechta  mutaxassis-

likdagi  shifokorlar  ishlaydi,  ixtisoslashgan  tibbiy  xonalari  bo`ladi. 

Jumladan:  1.Funksional  diagnostika.  2.Fizioterapiya.  3.Davolash 

jismoniy madaniyati. 4.Klinik va biokimyo laboratoriyalari. 



 Dispanserning vazifasi.   

1.  Sport  tashkiloti  tavsiya  qilgan  ro`yxat  bo`yicha  viloyat, 

tuman  va  shaharlarning  terma  jamoalari  tarkibiga  kiritilgan  sport-

chilarni, sport maktabi o`quvchilarini maxsus ro`yxatga oladi, ularni 

yil  davomida  kamida  2  marta  tibbiy  nazoratdan  o`tkazadi,  mashq 

hajmini belgilash bo`yicha trenerga maslahat beradi. 

2.  Sport  bilan  mustaqil  shug`ullanuvchilarga  o`z  xohishlari 

bo`yicha shifokor maslahati beriladi. 

3. “Sport vrachlik nazorati dispanseri” mazkur soha bo`yicha 

ilmiy-uslubiy  markaz  sifatida,  poliklinika  va  sport  inshoatlarida 

radi.  Vegetativ  nerv  tizimida  simpatik  va  parasimpatik  bo`limlar 

tafovut etiladi. Markaziy nerv tizimini tashkil etuvchi bosh va orqa 

miya, ko`p sonli nerv hujayralari (neyronlar) va ular o`simtalarining 

nerv  tolalaridan  iborat.  Nerv  tolalari  bosh  va  orqa  miya  qismlarini 

bir-biri  bilan  bog`lab,  qo`zg`alishlarni  o`tkazish  funksiyasini 

bajaradi. 

Massaj vaqtida terida joylashgan, markaziy va vegetativ nerv 

tizimi bilan bog`langan, ko`p sonli har xil nerv tolalarining uchlari 

birinchi  navbatda  ta`sirlanadi.  Odam  organizmiga  massaj  har  xil 

fiziologik ta`sir ko`rsatadi, buning natijasida odam organizmida bir 

qator  umumiy  va  mahalliy  reaksiyalar  hosil  bo`ladi, bunda  hamma 

to`qimalar,  a`zolar  va  tizimlar  ishtirok  etadi.  Massaj  ta`sirining 

kuchini,  davomiyligini  o`zgartirib  miya  po`stlog`ining  funksional 

holatini o`zgartirish, umumiy qo`zg`aluvchanlikni oshirish, refleks-

larni  kuchaytirish  va  so`ngan  reflekslarni  qayta  tiklash  hamda  turli 

xil  ichki  a`zolar  va  to`qimalar  oziqlanishini  yaxshilash  mumkin. 

Massajning  har  xil  usullari  nerv  tizimiga  turlicha  ta`sir  ko`rsatadi: 

biri  tinchlantiradi  (silash,  silkitish),  boshqalari  qo`zatadi  (urish 

usullari). 

Jismoniy va aqliy mehnatdan so`ng massaj odamni tetiklash-

tiradi, ish qobiliyatini oshiradi.  

Massaj  usullari  orasida  tebratish  usuli  eng  kuchli  reflektor 

ta`sirga  ega.  Massaj  nerv-muskul  tizimiga  ijobiy  ta`sir  etadi, 

charchash  holatini  yo`qotadi,  muskullarning  qisqarish  qobiliyatini, 

o`tkazuvchanligini yaxshilaydi va ish qobiliyatini oshiradi. 

Massaj  oliy  nerv  tizimiga  chuqur  ta`sir  etib,  og`riqni  kama-

ytiradi yoki qoldiradi, nerv tolalarining o`tkazuvchanlik xususiyatini 

yaxshilaydi, shikastlanishda tuzalish jarayonini tezlashtiradi. 




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling